Page 97 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 97

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             qaratadilar. Ushbu strategiya “umidlar strategiyasi” deb, nom olgan.
             Bu  strategiyaning  asosini:  “Eng  yaxshi  odamlarni  yollang,  ularni
             eng yaxshi resurslar bilan taʼminlang va ularni yolg‘iz qoldiring” –
             g‘oyasi tashkil etadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ilm-fan va
             yangi texnologiyalar taraqqiyoti ja miyatda mavjud muammolarni

             hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv taklifning
             davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishida,  yaʼni  universitetlar  va
             davlat laboratoriyalaridagi  il miy ishlanmalarni rag‘batlantirishda,
             shuningdek,  korxonalarda  asosiy  ilmiy-tadqiqot  dasturlari  uchun
             malakali  ishchi  kuchini  yetkazib  berishda  va  kompaniyalardagi
             eng muhim ITTKIlari dasturlarining hukumat tomonidan doimiy
             qo‘llab-quvvatlanishida  o‘z  aksini  topadi.  Biroq  dunyodagi  barcha
             mamlakatlarda,  shu  jumladan,  AQSh  (fan  va  texnologiyalarni
             rivojlantirishning  harbiy  bosqichida)  va  sobiq  SSSRda  keng

             tarqalgan  ushbu  oddiy  model  yangicha  sharoitlarda  rivojlangan
             mamlakatlarning  fuqarolik  iqtisodiyotida  ortiqcha  hukmron
             mavqega egalik qilolmasligini bugungi hayotning o‘zi ko‘rsatib
             turibdi. Rivojlangan davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki,
             fundamental       tadqiqotlardan      natijalarni     tijoratlashtirishgacha
             bo‘lgan jarayonlarning “o‘z holicha oqimi” samarasiz bo‘lib, bugungi
             kunda jarayonlarni bunday tartibda amalga oshirish amrimaholdir.

                Chiziqli modelga xos bo‘lgan ziddiyat shundan iboratki, u atrof-
             muhitning  (bozorning)  ilmiy-tadqiqot  va  ishlanmalar  bilan  bog‘liq
             voqealarning rivojiga taʼsirini hisobga olmaydi va umuman olganda
             fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini
             aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, mazkur modelda isteʼmolchi va
             uning ehtiyojlari nazardan chetda qolib ketganligini ham eʼtiborga
             olish  lozim.  Chunonchi  innovatsiyalar  doimo  ham  fundamental
             tadqiqotlar va ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida amalga osha-
             vermaydi. Bozor ehtiyojlari innovatsiyalarga juda katta turtki beradi.

             Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, innovatsiyalarning manbalari quyi-
             dagicha:  60  foiz  innovatsiyalarning  manbai  bozor,  yaʼni  uni  mijoz
             belgilab  beradi;  25  foiz  innovatsiyalarning  manbai  texnologiyalar
             sanalsa; 15 foiz innovatsiyalarning manbai noaniq manbalar hisob-

                                                   96
   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101   102