Page 92 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 92

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          xavfsizlik taʼminlanadi – oluvchi va jo‘natuvchi tomonda bittadan bank
          aloqada bo‘ladi xolos.
            Biz  foydalanadigan  usul  –  bu  Markaziy  Bank  kabi  juda  ishonchli
          provayder  bilan  banklarning  mahalliy  valyutalarida  ushlab  turadigan

          pullarini boshqarishning oson yo‘lidir. Keyinchalik, biz ushbu hisoblar
          orasidagi  pul  oqimini  mikrosoniyalarda  boshqaramiz  va  hech  qachon
          to‘lov oqimidan chetga chiqib qolmaymiz.
            Biz bank emas, balki banklar o‘rtasidagi provaydermiz. Bizga o‘rtada
          boshqa aktiv kerak emas, chunki biz banklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanamiz
          va eskirgan moliyaviy maʼlumotlardan ham foydalanmaymiz. Shu ning

          uchun  biz  bozor  yetakchisimiz,  deb  o‘ylaymiz.  Ushbu  muammoni  hal
          qilish bo‘yicha avvalgi urinishlarni o‘rganib chiqib, biz bozorga ishonchli
          va foydali yechimni taklif qildik.
                                                          Manba: www: rtgs.global


                 3.1. Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari

            Innovatsion jarayon – ilmiy bilimlarni (g‘oyalarni) innovatsiyaga
          (yakuniy mahsulotga) va uni keyinchalik tarqalish (diffuziya) jarayo-
          nidir. Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga ikki zaruriy bosqichni (fazalarni)
          qamrab oladi:
            1-bosqich.  Ishlab  chiqarish  (o‘zlashtirish)  uchun  tayyor  bo‘lgan
          yangi mahsulot (mahsulot namunasi, prototip)ni yaratish.

            2-bosqich.  Bozor  tomonidan  talab  etiluvchi  yangilik  sifatida
          innovatsiyaga aylanuvchi mahsulotni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish
          va yoyish (diffuziya) jarayon (3.1-rasm).
            Birinchi bosqich, o‘z ichiga asosan, izchillikda amalga oshiriluvchi
          ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari va

          tajriba  tariqasidagi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etishni  o‘z  ichiga
          oladi.  Bu  bosqichda  innovatsiyalarning  foydali  jihatlari  hali  ko‘zga
          tashlanmaydi,  balki  innovatsiyalarning  foydali  jihatlarini  ro‘yobga
          chiqarish  uchun  zaruriy  shart-sharoitlar  yaratiladi.  Tijoriy  ishlab
          chiqarishning ikkinchi bosqichida va innovatsiyalarning yoyilishida
          innovatsiyalarning       ijtimoiy-foydali     samarasi     innovatsiyalarni


                                                91
   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96   97