Page 90 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 90
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
RTGS.global: bulutli texnologiyalar transchegaraviy transferlar
muammosini hal qilishga qanday yordam beradi
RTGS.global – transchegaraviy o‘tkazmalar, hisob-kitoblar va to‘ lov-
larni tartibga solish uchun xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob kompa-
niyasi hisoblanadi. Kompaniya boshqaruv aʼzolaridan biri Markus
Tri cher bozorning murakkabliklari, RTGS.global tomonidan taklif
etilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab berdi.
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari bozoridagi asosiy muammo valyu-
tani konvertatsiya qilishdir. Ko‘pincha bu uzoq vaqt talab qiladi, bu
jarayonda pul o‘tkazmasi kechikishi yoki pul yo‘qotilishi mumkin.
Banklar bunday holatni oldini olish maqsadida katta miqdordagi xorijiy
kapitalni saqlashlari talab qilinadi, bu esa qimmat va sekin amalga
oshuvchi jarayon hisoblanadi.
Bugungi kunda banklar korrespondent banking, deb ataluvchi
eskirgan to‘lovlarni qayta ishlash tizimidan foydalanadilar. Mamlakatlar
o‘rtasida turli valyutalarda to‘lovlarni amalga oshirish murakkabligi-
ning asl sababi ham shunda.
Bizning yechimimiz ushbu tizimni to‘liq qayta ko‘rib chiqishga imkon
beradi. Biz banklarimizga pulingizni mahalliy valyutada aytaylik, Markaziy
bankda saqlashlari haqida aytamiz, biz esa ushbu hisob varaqlarning
har birida pul pozitsiyalarini real vaqt rejimida boshqaramiz. Yaʼni, biz
bu jarayonni global ko‘lamda amalga oshiramiz. Shu tarzda, biz sizga
boshqa mamlakatlardagi banklarda pulni boshqarish va valyutadagi farq
bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lishga yordam beramiz. Banklar
o‘rtasidagi uzoq zanjirlar va ular bilan bog‘liq xatarlar yo‘qoladi. Faqat
bitta bank va boshqasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik qoladi va
operatsiyalar bir zumda sodir bo‘ladi.
Bugungi kunda transchegaraviy o‘tkazmalar sohasidagi muammolar
turli kechikishlar bilan ifodalanadi, bu o‘z navbatida, mijozda mavhumlik
holatini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, banklar buning uchun
yaxshigina haq talab qiladilar. Bu bilan bog‘liq xatar anchagina yuqori.
Natijada banklar uchun bir qator mamlakatlarga pul o‘tkazish tobora
qiyinlashib bormoqda.
89