Page 95 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 95
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Novatorlar – ilmiy-texnik bilimlar va innovatsiyalarning yaratuv-
chilari hisoblanadilar. Bular alohida ixtirochilar yoki ilmiy-tadqiqot
muassasalari ham bo‘lishlari mumkin. Ular ixtirolardan olinadigan
foydaning bir qismiga egalik qilishdan manfaatdor bo‘ladilar. Ilk
retsipiyentlar – bu innovatsiyalarning bozorga olib chiqilishini tez-
lashtirish orqali qo‘shimcha daromad olishni istagan va innovatsiya-
larni birinchilardan bo‘lib o‘zlashtirgan tadbirkorlardir. Ular “pioner”
(“kashshof”) tashkilotlar nomini olishgan.
Ilk ko‘pchilik – bu qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqa-
rishga birinchilardan bo‘lib yangiliklarni joriy qilgan kompaniya-
lardir.
Ortda qoluvchilar – yangiliklarni joriy qilishda ortda qolayotgan
kom paniyalar, yangiliklarni joriy etishda kechikish ularni innovatsion
jihatdan eskirgan yangi mahsulotlarni chiqarishga majbur qiladi.
3.2. Innovatsion jarayon modellari
Innovatsion jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy uslubiyoti
quyidagi uch farazga tayanadi:
1. “Texnologik turtki” gipotezasi (fandan – bozorga);
2. “Bozor talabi bosimi” gipotezasi (bozor ehtiyojlaridan – fanga);
3. “Interfaol model” gipotezasi (yuqoridagi ikki modelni o‘z ichiga
oluvchi dual model).
Yuqorida sanab o‘tilgan uch xil yondashuvni atroflicha ko‘rib
chiqamiz.
“Texnologik turtki” gipotezasining asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat:
• ilmiy g‘oyani amaliyotdan (bozordan) mustaqil ravishda rivoj-
lantirish, bu esa avvaldan ko‘zda tutilgan ilmiy paradigmalarning
obyektiv ravishda o‘zgarishini ko‘zda tutadi;
• iqtisodiy muhit (bozor ehtiyojlari) va ilmiy – texnologik taraqqiyot
o‘rtasidagi teskari aloqalar unchalik ham ahamiyatli emas. Haqiqatan
ham, ilm-fan rivojini retrospektiv tahlil qilish bizga dunyo da to‘rtta
ilmiy inqilob sodir bo‘lganligini, sanoati rivojlangan davlatlarning
texnik bazisida beshta texnik uklad izchil ravishda almashinib
94