Page 96 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 96
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
borganligini qayd etish imkonini beradi. Har bir ilmiy inqilob
avvalgilari bilan taqqoslaganda kashfiyotlar sonini ko‘paytirishga
qaratilgan aniq tendensiya bilan ajralib turadi, shuning uchun ham
ilm-fan bozordan mustaqil tarzda o‘zining obyektiv qonuniyatlari va
xususiyatlari asosida taraqqiy etib boradi.
Ushbu gipoteza doirasida innovatsion jarayon g‘oyaning
fundamental, amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va texnologik
ishlanmalar, marketing, ishlab chiqarish va nihoyat, sotish orqali
bosqichma-bosqich tijoriy mahsulotga aylanish jarayoni sifatida
qaraladi. Ilmiy g‘oyani amalga oshirish bosqichlarining bunday
qatʼiy ketma-ketligi innovatsion jarayonning chiziqli modeli bilan
tavsiflanadi (3.3-rasm).
Marketing va
sotish
Ishlab
chiqarish
I njiniring
Bazaviy
ishlanmalar
3.3-rasm. Innovatsion jarayonning Push modeli
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Ushbu modelga asoslanib ishlab chiqilgan fundamental g‘oyalar
innovatsiyalarning yaratilishi va ularning keyinchalik tijoratlashuviga
asos bo‘lib xizmat qiluvchi amaliy tadqiqotlarda o‘z ifodasini
topadi. Ushbu model to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqli munosabatlarni
o‘rnatadi: qancha ko‘p fundamental tadqiqotlar bo‘lsa shuncha
ko‘p amaliy tadqiqotlar amalga oshadi, qancha ko‘p innovatsiyalar
yaratilsa, shuncha ko‘p ilg‘or texnologiyalar amaliyotga joriy
etiladi. “ITTKIlarga qancha ko‘p qo‘yilma kiritilsa, shuncha ko‘p
yangi mahsulotlar yaratiladi”, degan tamoyilga amal qilgan holda,
kompaniyalar birinchi navbatda ilmiy yutuqlarga asosiy eʼtiborni
95