Page 91 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 91
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ana shunday zamonaviy muammolar biznesni cheklaydi, isteʼmolchilar
uchun noqulayliklar tug‘diradi va butun dunyo bo‘ylab pullarning silliq
harakatlanishiga xalaqit beradi.
“Fintex” kompaniyalari ilgari hal qilish juda qiyin bo‘lgan muammo-
larni yechishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Shu nuqtai
nazardan, biz “Fintex” kompaniya hisoblansak-da, hali biz moliya
infratuzilmasining bir qismimiz xolos.
Bank sohasida zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi
bilan bulut yoki mikroservislar ko‘rinishidagi ilg‘or yechimlardan
foydalanadigan va o‘z mijozlariga boshqa muqobillarni taklif qiladigan
yangi o‘yinchilar paydo bo‘lmoqda: past narxlar, yuqori sifatli xizmatlar va
qulay sharoitlar. Bu esa o‘z navbatida, banklar faoliyati samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Shuning uchun, agar siz bank egasi bo‘lsangiz va ilg‘or texnologiya lar-
dan foydalansangiz, unda siz ushbu jarayonli o‘tishni amalga oshi ri shingiz
mumkin. Hozir bunga qo‘l urmas ekansiz, vaqt o‘tishi bilan siz nikidan
yaxshiroq yechimlarni taklif qiladigan yangi banklar paydo bo‘lishini
ko‘rasiz. Va bu bulutga o‘tish uchun birinchi qadam, chunki u sizning
maʼlumot markazingizga qaraganda ko‘proq imkoniyatlarni taqdim qiladi.
Biz transchegaraviy to‘lovlar muammosiga yangicha nazar tashladik
va to‘lovni amalga oshirish uchun banklar o‘rtasida kamroq xabar
almashishni talab qiladigan oddiyroq narsani yaratdik. Biz faqat bulutli
texnologiyalardan foydalanamiz. Bu shuni anglatadiki, banklarning biz
bilan ishlashi oson bo‘ladi. Ular bizning texnologiyamizni o‘rnatishlari
shart emas, chunki undan sizning telefoningizdagi internet kabi osonlikcha
foydalanish mumkin. Shuningdek, so‘nggi standartlarni hisobga olgan
holda, biz to‘lovlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli maʼlumotlarni
o‘z ichiga olgan xabar almashish texnologiyasini ishlab chiqdik.
Biz o‘z hamkorlarimiz bilan inqilobiy mahsulotni yaratdik, undan biz-
ning tarmog‘imizga ulanadigan har bir kishi o‘ta aniqlik bilan foydalanishi
mumkin. Bizning bulutli yechimimiz “Microsoft Cloud” tarmog‘ida ham
ishlaydi, u ham o‘zining ko‘p darajali ishonchli himoyasiga ega. Bundan
tashqari, banklar bilan API-connect sodda va qisqartirilganligi sababli
90