Page 89 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 89

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV



              3-MAVZU        INNOVATSION JARAYONLARNING MODELLARI




                3.1. Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
                3.2. Innovatsion jarayon modellari
                3.3. Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari
                Mavzuning  qisqacha  sharhi.   Bugungi kunda innovatsion
             jarayonlarning    chiziqli,  bozor,  interaktiv,  integratsion,  tarmoqli,
             informatsion  modellari  farqlanadi.    Innovatsion  jarayonlarning
             chiziqli  modelida  innovatsiyalarning  asosiy  va  birlamchi  manbai
             sifatida  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlari  ko‘riladi.

             Innovatsion  jarayonlarning  bozor  modelida  innovatsiyalarga
             undovchi omil sifatida bozor talabi maydonga chiqadi. Raqobatning
             rivojlanishi va tovarlarning hayotiylik siklining qisqarishi ilmiy-
             tadqiqot ishlari bilan innovatsion jarayonning boshqa bosqichlarini
             yaqindan hamkorlik qilishini taqozo qiladi, bu o‘z navbatida
             innovatsion  jarayonlarning  interaktiv  modelini  yuzaga  chiqaradi.
             Innovatsion  jarayonlarning  to‘rtinchi-integratsion  modelida  fan,

             taʼlim, ishlab chiqarish va bozor isteʼmolchilarining o‘zaro hamkorligi
             nazarda tutiladi. Innovatsion jarayonlarni tashkil etishning tarmoqli
             modeli innovatsion jarayonlarning makro ko‘lamda amalga
             oshishini aniqlashtirishga imkon beradi, mazkur model korporativ
             moslashuvchanlik,        isteʼmolchiga      yo‘naltirilganlik,     gorizontal
             texnologik  hamkorlikning  mavjudligi,  elektron  maʼlumotlar
             bazasidan  foydalanish  kabi  unsurlarning  mavjudligi  bilan  ajralib
             turadi.  Innovatsion  jarayonlar  oltinchi  modelining  paydo  bo‘lishi
             zamonaviy iqtisodiyot raqobatbardoshligining asosiy omili sifatida

             bilimlarga alohida urg‘u berilishi bilan bog‘lanadi. Oltinchi modelning
             asosiy xususiyatlari shundaki, korxonalar bir-biridan o‘zlarida
             mavjud bo‘lgan maʼlumotlar, bilimlardan foydalanish shiddati va bu
             bilimlarni qay tarzda boyita olishlari bilan farqlanadi.





                                                   88
   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94