Page 85 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 85
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
maʼlumotlar bazasini shakllantirish va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘li-
shi mumkin. Yangiliklarni joriy qilishning maqsadga muvofiqligini
asoslang va natijalarni quyidagi jadvalda aks ettiring.
OTMda taʼlim jarayonini yaxshilash borasidagi yangiliklar
Yangiliklarning asosiy jihatlari Mazmuni
Yangilikning nomlanishi
Erishilishi ko‘zda tutilayotgan maqsad
Taklifning qisqacha mazmuni
Isteʼmolchi
Taklif qilinayotgan yangilikning mohiyati
Ko‘zda tutilgan ijrochi
Loyihani amalga oshirish tartibi
Zaruriy resurslar
Ko‘zda tutilayotgan samaradorlik
4-topshiriq.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxo-
nalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga
ko‘paydi.
Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar
1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oy-
lik oladi.
Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat,
sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.
Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxo-
nalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon
toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga
nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.
Shu davrda yirik soliq to‘lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat
darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to‘layotgan
soliqlar 40 foizga o‘sdi.
Sizningcha, O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish sama-
radorligini oshirish uchun yana nimalar qilish lozim? Fikringizni mi-
sollar bilan izohlab bering.
84