Page 81 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 81

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             imkonini beradi. Yuqori texnologiyali mahsulotlar deganda o‘rtacha
             yillik tadqiqot va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rtacha yillik so-
             tishga nisbati muttasil oshib boruvchi tarmoqlar mahsulotlari tushu-
             niladi. Odatda, mazkur nisbat 5-10 foizdan oshadi.
                Yuqori texnologiyali mahsulotlar texnik jihatdan murakkab mah-

             sulotlar sanalgani holda ularni ishlab chiqarish uchun murakkab tex-
             nologik jarayonlar qo‘llaniladi. Murakkablik belgisi shundaki, ushbu
             yuqori texnologiyali sohalarda mahsulotlar yoki texnologik jarayon-
             lar nafaqat amaliy, balki fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalariga
             asoslanadi.
                Fan sig‘imkor mahsulotlar ham yuqori texnologiyali mahsulot hi-
             sob lanadi. Biroq, yuqori texnologiyali mahsulotlar bir vaqtning o‘zi-
             da fan sig‘imkor bo‘lishi shart emas. Bu, xususan, agar texnik jihat-
             dan murakkab mahsulotlar sanoatda ommaviy ishlab chiqarilsa va

             so tilsa, yillik ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanayotgan xarajatlarning
             ulu shi  umumiy  savdo  hajiga  nisbatan  meʼyordan  bir  muncha  past
             bo‘ladi.
                “Yangi  texnologiyalar”  borasida  to‘xtalar  ekanmiz,  bunda  biz
             yuqori texnologiyali sohalarda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktor-
             lik ishlanmalari sohasidagi yangi ilmiy-texnik natijalarni nazarda
             tutamiz. O‘z mohiyatiga ko‘ra, litsenziyalash shartnomalari orqali

             yangi texnologiyalar sifatida sotilishi mumkin bo‘lgan mazkur tar-
             moqlarning ilmiy-texnik mahsulotlarini ifoda etadi. Bu mahsulotlar
             ham yuqori texnologiyali, ham fan sig‘imli mahsulotlar hisoblanadi.
             Shu tariqa, fan sig‘imkor va yuqori texnologiyali mahsulotlar, yangi
             texnologiyalar  natija  sifatida  ko‘rib  chiqiluvchi  innovatsiyalarning
             ko‘rinishi sanaladi.
                Xalqaro  standartlarga  muvofiq  innovatsiya  innovatsion  faoliyat-
             ning yakuniy natijasidir. Shu nuqtai nazardan, har qanday yangilik
             birinchi navbatda yangi unsurlarni kiritish bilan bog‘liq o‘zgarish-

             lardir, shuning uchun innovatsiyaning tarixiy jihatdan birinchi se-
             mantik mezonlaridan biri yangilik hisoblanadi.
                Innovatsiyalarning mezonlari:
                1. Yangilik;

                                                   80
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86