Page 76 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 76
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ining asosiy qoidalari shakllandi. Quyida voqealar xronologiyasi
keltirib o‘tiladi:
XIX asr oxiri – XX asrning boshi
• 1793- va 1847-yillarda dunyo iqtisodiyotida yuz bergan halo-
katlarning sabablarini o‘rganish (X. Klark (AQSh) , 1847);
• iqtisodiyotning davriy rivojlanishi haqidagi dastlabki taxminlar
va iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tebranishlarning mavjudligini is bot-
lashga bo‘lgan birinchi urinishlar (V. Jevons (Buyuk Britaniya), 1884);
• davriy inqirozlarni tadqiq qilish va iqtisodiy rivojlanish uchun
uzoq muddatli tebranishlar xosligini isbotlash (M.Tugan-Baranovs-
kiy (Rossiya) 1894);
• Siklik inqirozlar va “uzun to‘lqinlar” nisbatini va shuningdek,
teb ranishlarni keltirib chiqaruvchi endogen va ekzogen mexanizm-
lar ning muammolarini o‘rganish (A. Parvus), 1901; Y. Van Gelderen
1913; S. De Volf, 1924)
XX asrning 20-30-yillari
• N.D. Kondratyev tomonidan iqtisodning “uzun to‘lqinlar” qonuni
bo‘yicha nobarqaror rivojlanishining asoslab berilishi bilan bir qator-
da iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tebranishlarning endogen tavsif-
ga egaligini tushuntiruvchi nazariyaning asoslanishi (1924-1928)
N.D. Kondratyev nazariyasi “konyunkturaning katta sikllari”ning
paydo bo‘lish sabablarini va ularning davomiyligini o‘rganishga
turtki bergani holda pirovardida innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning
beqarorligi uchun eng muhim sabab, deb eʼtirof etildi. Bundan tash-
qari, N.D. Kond ratyev tomonidan iqtisodiyotning “yuksalish –
pasayish – yuksalish” sikli bo‘yicha notekis rivojlanish mexanizmin-
ing asosla nishi esa keyinchalik evolyutsion nazariya, deb nom olgan
yangi iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
XX asr asrning 30-yillari
• Innovatsiyalar nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter tomonidan
uzun to‘lqinlar innovatsion nazariyasining yaratilishi, ilmiy muoma-
laga “innovatsiya” tushunchasining kiritilishi va uni “ishlab chiqa-
rish omillarining yangi ilmiy va ishlab chiqarish jihatidan birikuvi”
sifatida taʼriflanishi;
75