Page 71 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 71

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsiyalar yotadi. Maʼlum bir paytda texnologiyalarning jamlan-
             masi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning umumlashtiruvchi siklini
             ifo da etuvchi texnologik ukladlar orqali ifodalanishi mumkin. Ular-
             ning har biri mazkur texnologik ukladda bazisli texnologiyalarning
             amalda bo‘lishining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Iqtisodiyot

             fanida  ko‘plab  tadqiqotchilar  tomonidan  asoslab  berilgan  beshta
             aso siy texnologik uklad hamda endi shakllanayotgan istiqbolli oltin-
             chi uklad farqlanadi.
                Bugungi kunda dunyoda ustuvor texnologik uklad o‘tgan asrning
             50-60 yillarida yaxlit takror ishlab chiqarish tizimi sifatida shaklla-
             na boshlaganligi va 70-yillardagi tarkibiy inqirozdan keyingi davrda
             rivojlangan davlatlar iqtisodiy taraqqiyotining texnologik bazasini
             tashkil etganligi iqtisodchi olimlarning ilmiy-tadqiqotlarida o‘z aksi-
             ni topdi. Mikroelektronika, dasturiy taʼminot, kompyuter texnologi-

             yalari va axborotni qayta ishlash, ishlab chiqarish va boshqaruv ja-
             rayonlarini avtomatlashtirish, kosmik va optik tolali aloqa sohasida
             erishilgan  yutuqlar  beshinchi  texnologik  ukladning  asosiy  tashkil
             etuvchilari bo‘lib hisoblanadi.
                                                                                2.3-jadval
                                Texnologik ukladlarning almashinishi



               1-uklad                            Mexanik tizimlar
               2-uklad            Bug‘dan foydalanishga asoslangan texnologiyalar

               3-uklad         Elektr tokidan foydalanishga asoslangan texnologiyalar
               4-uklad    Avtomatlashtirish va kimyolashtirishga asoslangan texnologiyalar

               5-uklad            Biotexnologiya, kompyuterlashtirish, elektronika
               6-uklad        Nanotexnologiya, gen injeneriyasi, multimediali interfaol
                                                  axborot tizimlari
                Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion iqti-
             sodiyot. –T.: 2019, 456 bet.



                XXI asrning ikkinchi o‘n yilligiga qadar mazkur texnologik uklad-
             ning ijobiy iqtisodiy taʼsirini saqlanib turadi, undan so‘ng esa gen in-

                                                   70
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76