Page 67 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 67
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
lari, konstruktiv yechimlari, shuningdek, foydalanilgan materiallar
va tarkibiy qismlar) yoki maqsadli ishlatilishi ilgari ishlab chiqaril-
gan shu kabi mahsulotlardan tubdan yangi yoki sezilarli daraja-
da farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday innovatsiyalar mutlaqo yangi
texnologiyalarga yoki yangi va avvaldan mavjud texnologiyalardan
amalda birgalikda foydalanishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot (“Oslo qo‘llan-
masi” bo‘yicha – inkremental mahsuldor innovatsiya) – bu sifat yoki
qiymat ko‘rsatkichlari bir muncha samarali materiallar va qo‘shim-
chalardan foydalanish hisobiga yaxshilangan mahsulotdir.
Jarayonli innovatsiyalar texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli
darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari (usullari)ni
ishlab chiqishni va joriy etishni o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi in-
novatsiyalar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi usul-
lari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarning natijalari, yan-
gi ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan foydalanishga asoslangan
bo‘lishi mumkin. Ushbu innovatsiyalardan odatda korxonada ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalaniladi. Mavjud
texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanil-
gan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan texnologik jihatdan
yangi yoki mukammallashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va
isteʼmolchilarga yetkazib berishda ham jarayonli innovatsiyalar qo‘l
keladi.
Innovatsiyalar to‘g‘risida gapirar ekanmiz, innovatsiyalar va in-
novatsion faoliyatning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
1. Innovatsion ishlab chiqarishning anʼanaviy ishlab chiqa-
rishdan ustunligi. Bu tamoyil, birinchidan, ishlab chiqarish kuchlari
tizimida fanning yetakchi o‘rin tutishiga; ikkinchidan, taraqqiyotda
ishlab chiqarish kuchlarining hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishiga
asoslanadi. Innovatsion jarayonlarning ustunligi ishlab chiqarishni
ilmiy-texnikaviy jihatdan tayyorlash rolining kuchayishi, ishchi ku-
chi darajasining korxona texnologik va ishlab chiqarish bazasining
holatiga muvofiqligi natijasida kelib chiqadi.
66