Page 68 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 68
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
2. Innovatsion faoliyatning tejamkorligi. Mazkur tamoyil bosh-
qaruv amaliyotida amaliy fan faoliyatining ishlab chiqarish xususi-
yatini izchil hisobga olishni taqozo qiladi. Bu xususiyat esa nafaqat
innovatsion jarayonning o‘zini o‘zi qoplashini, balki uning foyda
keltirishini, tijoratda muvaffaqiyat qozonishini ham belgilab beradi.
3. Innovatsion faoliyatning o‘zgaruvchanligi (moslashuv chan -
ligi). Boshqaruv ushbu tamoyil asosida innovatsion faoliyat subyekt -
lari harakatlarining erkin bo‘lishini, ularning manyovrchanlik im-
koniyatiga ega bo‘lishini, tashabbuskorlikning rag‘batlantirili shini
taʼmin etishi lozim.
4. Innovatsion jarayonlarning sikllilik xususiyati. Tadqiqotchi-
lar orasida yangiliklar rivojlanishining to‘lqinsimon, sikllilik konsep-
siyasi borgan sari keng quloch yozmoqda. Sikl boshida yangilikning
texnik salohiyati asta-sekin o‘sib boradi, keyinchalik undan tijorat
maqsadida keng foydalaniladi, keyingi davrlarda esa uning salohiyati
so‘nib boradi. Har bir “to‘lqin” asosida hukmronlik qiluvchi bazisli
texnologiyalar yotadi. Katta sikllar konsepsiyasini (“Kondratyev sikl-
lari”ni) birinchi bo‘lib N.D. Kondratyev taklif qilgan. Biz mazkur kon-
sepsiya to‘g‘risida yuqorida atroflicha to‘xtalib o‘tdik.
5. “Zararsizlik” tamoyili. Bizningcha, bu nafaqat tibbiyot uchun,
balki jamiyat, tashkilot, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan
har qanday individ uchun ham tegishli bo‘lgan asosiy tamoyillardan
biridir. Yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etishni jamiyat
va iqtisodiyot manfaatlarini inobatga olmasdan yo‘lga qo‘yish, oxir-
oqibat butun bir mamlakat va jamiyatni tanazzulga yetaklashi tabiiydir.
6. Innovatsion faoliyat va uning natijalarining muayyan vaqt
oraliqlariga muvofiq kelishi. Muayyan jamiyat yoki tashkilotga
rivojlanishning maʼlum bir bosqichida mos kelmaydigan yangilik
foyda keltirishi va bozorda talab paydo qilishi mumkin emas.
7. Innovatsion faoliyat va uning natijalarining bozorning
madaniy darajasiga muvofiqligi. Bozorga joriy etilayotgan yangi
mahsulot shu bozorning madaniy darajasiga mos kelishi kerak, aks
holda u tijorat salohiyatiga ega bo‘lmaydi va bozor bunday yangi-
liklarni inkor qiladi.
67