Page 69 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 69

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                8. Yangilikning moliyaviy jihatdan taʼminlanganligi. Innovat-
             sion  faoliyat  tashkilotning  moliyaviy  imkoniyatlariga  mos  bo‘lishi
             hamda  (muvaffaqiyatli  yakunlanishi  va  bozorni  tahlil  qilish,  yangi
             mahsulotlarni bozorga olib kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun) har
             bir bosqichda moddiy resurslar bilan taʼminlangan bo‘lishi lozim.

                9. Ijtimoiy naflilik. Yangilik uni ishlab chiqarish bilan shug‘ulla-
             nayotgan muayyan tuzilmagagina emas, balki butun bir jamiyatga
             naf keltirishi, yaʼni ijtimoiy-axloqiy marketing tamoyillariga asosla-
             nishi lozim.
                10. Iqtisodiy-geografik tamoyil. Unga ko‘ra yangilik kiritish nati-
             jasi va jarayonning o‘zi ham amalga oshirilishi jihatidan iqtisodiy
             taraqqiyotning  muayyan  darajasiga  hamda  geografik,  tabiiy-iqlim
             sharoitlariga mos bo‘lishi lozim.
                11. Fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash tamoyili. Amaliy fan

             o‘zini o‘zi moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgani holda, funda-
             mental fanda bunday imkoniyat mavjud emas.Zero fundamental fan
             ilmiy-texnik taraqqiyot uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat or-
             ganlari va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik
             tuzilmalarining  vazifasi  ushbu  faoliyatning  moddiy  asosiy  bo‘lgan
             fundamental fanni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
                12. Innovatsion faoliyatning himoyalanganligi. Bu tamoyil in-

             novatsion  faoliyat  sohasida  ishlayotgan  tashkilotlarning  mualliflik
             huquqlari  va  manfaatlarini  himoyalash  uchun  qonunlar  va  bosh-
             qa normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va amal qilishini
             bildiradi.
                13. Teskari aloqani yo‘lga qo‘yish tamoyili. Yangilik kiritish ja-
             rayoni bozorda yangi mahsulotning paydo bo‘lishi bilan yakunlana-
             di. Bu holat hayotiylik siklining muayyan bosqichida keyingi yangi
             mahsulot (g‘oya) yaratish ehtiyojini keltirib chiqarishi va bu jarayon
             uchun moliyaviy imkoniyat berishi kerak.

                14.  Kadrlar  bo‘yicha  muvofiqlik  (kadrlarning  muvofiqligi).
             Yangilik  kiritish  jarayonini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun
             tashkilot yangilik yarata oladigan va buni istaydigan kadrlarga ega
             bo‘lishi kerak.

                                                   68
   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74