Page 74 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 74
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Texnologiyalar taraqqiyotining S – shaklli egri bo‘ylab harakatla-
nishi obyektning ichki mantig‘iga bog‘liq holda hozirgi avlod tex-
nologiyasining modernizatsiyalanishini ifoda etadi. Innovatsiyalar-
ning kumulyativ tavsifga ega ekanligi to‘plangan tajriba va bilimlar-
dan kelib chiquvchi yangi avlod texnologiyalarining, yaʼni yangi egri
chiziqlarning paydo bo‘lishida o‘z aksini topadi.
S- shakldagi mantiqiy egri chiziqlarni tahlil qilish asosida shun-
day xulosaga kelish mumkinki, har bir texnologiya rivojlanishining
maʼlum bir chegarasi mavjud bo‘lib, texnologiya ana shu chegaraga
etganda o‘zining barcha imkoniyatlarini to‘laligicha sarflab bo‘ladi
va korxonaning mazkur texnologiya asosida o‘z ishlab chiqarish sa-
maradorligini oshirish salohiyati deyarli yo‘qqa chiqadi. Mazkur ho-
latda korxonalar raqobatli bozor muhitida yashab qolishlari uchun
o‘z qo‘llarida mavjud texnologiyalarning eng samaralisini tanlashga
majbur bo‘ladilar.
2.4. Innovatsiyalar nazariyasi rivojlanishining asosiy
bosqichlari
Har xil obyektiv iqtisodiy jarayonlarning taʼsiri ostida turli tari-
xiy davrlarda innovatsion nazariya doirasida ko‘p qirrali hodisa
hisoblanuvchi innovatsiyalarni o‘rganuvchi va aks ettiruvchi turli-
tuman maktablar va oqimlar asta-sekinlik bilan shakllana boshladi.
Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida innovatsiyalarning tadrijiy rivojla-
nishi nuqtai nazaridan innovatsiyalar nazariyasining asosiy oqim-
larining tahlili batafsil yoritib berilgan. Innovatsion rivojlanish-
ning bugungi kun nazariyalarining mantig‘i va asosiy yo‘nalishla-
rini to‘la-to‘kis tushunib olishda innovatsiya nazariyasining asosiy
bosqichlarini tarixiy kontekstda obyektiv va izchil tahlil qilish juda
muhimdir. Shu bilan birga bir qator mualliflar ko‘pincha innovat-
siyalar nazariyasini davriylashtirish bo‘yicha turli yondashuvlar
va qarashlarni taklif qiladilar, bunda ular turli mezonlarga eʼtibor
berishadi va shu asosda innovatsion taraqqiyot konsepsiyalarini
tasniflashadi. Shubhasiz, bunday tadqiqotlar maʼlum darajada in-
novatsiyalar nazariyasini rivojlantiradi va taʼlim va ilmiy maqsad-
lar uchun foyda katta foyda keltiradi. Shu bilan bir qatorda, taklif
73