Page 73 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 73
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Texnologiyalar avlodining almashinuvi
S – ko‘rinishdagi mantiqiy egri chiziq
bo‘yicha bir texnika avlodining ik- O‘zgarish nuqtalari
kin chisiga o‘tish qonuniyati.
•“Texnologik chegara”ni tushunib
yetish zaruriyati – “o‘zgarish nuq ta-
lari”ning yaqinligi “texnologik farq-
lanish” holatini yaqinlashtiradi.
• Texnologiyani tanlash yo‘li orqali
ri vojlanishni boshqarish imkoniyati
paydo bo‘ladi
Texnologik tafovut
2.4-rasm. S – ko‘rinishli mantiqiy egri chiziq bo‘yicha texnologiyalar avlodi
almashinuvining ketma-ketligi
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion iqti-
sodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Biror bir asosiy ko‘rsatkich yohud integral kompleks ko‘rsatkich
asosida baholanuvchi texnologiyaning mantiqiy egri chiziq bo‘ylab
harakatlanishi texnologiya samaradorligining bosqichma-bosqich
oshib borishini ko‘rsatadi. Yuqori samaradorlik va yuqori isteʼmol
xususiyatlariga mahsulotlar mantiqiy egri chizig‘ining biridan ikkin-
chisiga o‘tishi, bir texnologiya avlodining ikkinchi avlod texnologi-
yasiga o‘tishini ham anglatadi. Bunda yangi avlod texnologiyalari
avvalgi avlod texnologiyalaridan o‘zlarining ancha yaxshi ko‘rsat-
kichlari bilan ajralib turadi. Rivojlanishni texnologiyalarning man-
tiqiy egri chiziq bo‘ylab harakatlanishi orqali tasavvur etish bizga
quyidagi qarama-qarshilikni hal qilishga imkon beradi. Bir tomondan,
rivojlanish kumulyativ jarayon hisoblansa (bugungi kunda erishilgan
har bir natija kelgusidagi katta muvaffaqiyatlarning asosi hisobla-
nadi), boshqa bir tomondan esa, texnologiyalarning vaqt bo‘yicha
rivojlanishi o‘zining ichki mantig‘iga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Rivojlanish jarayonini “katta sikllar”ga mos ravishda texnologik uk-
ladlarning progressiv tarzda ketma-ket almashinishi sifatida tasav-
vur qilishimiz mumkin.
72