Page 72 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 72

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          jeneriyasi sunʼiy aql tizimlari, global axborot tarmoqlari, yuqori tez-
          likda ishlovchi integratsiyalashgan transport tizimlari kabi tarkibiy
          qismlar bilan ajralib turadigan yangi texnologik ukladning boshlani-
          shi bashorat qilinadi. Bugungi kunda yangi oltinchi ukladning jami-
          yatimiz hayotida tobora chuqur aks etayotganligini his qilish qiyin

          emas.
            Jamiyat  taraqqiyotini  boshqarishning  asosiy  vazifasi  yangi  tex-
          nologik  ukladning  texnologiyalarini  takror  ishlab  chiqarishni  ken-
          gaytirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.
          Shuning uchun, texnologik tuzilmaning “o‘sish nuqtalari” ni hisob-
          ga olgan holda resurslarni bugungi kunda asosiy sanaluvchi muam-
          molarni hal qilish uchun safarbar qilish unchalik ham istiqbolli emas.
          Texnologik ukladning rivojlanishi pirovardida uning samaradorligini
          taʼmin etuvchi tizimning ichki muvozanati bilan tavsiflanishi lozim.

          “Muvozanat holati” o‘zaro aloqada va o‘zaro taʼsirlashuvda bo‘lgan
          texnologiyalarning barcha jihatlari va qirralarini va shuningdek, yan-
          gi xodim va ijtimoiy mehnatni yangidan tashkillashtirishni ham o‘z
          ichiga qamrab olishi lozim. Shu sababli asosini yangi texnologiyalar
          tashkil etuvchi yaxlit tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalarni qarab chiqish
          maqsadga muvofiq sanaladi. Bunga esa faqatgina, yangi innovatsion
          tipdagi xo‘jalik tuzilmalarining shakllantirish orqali erishishimiz

          mumkin, xolos.
            Rivojlanishni o‘ta  murakkab noaniqlikdagi  ehtimoliy o‘zgarish-
          lar sifatida tasavvur etish bizga har bir “individual” texnologiyaning
          rivojlanishini texnologiyalar S – ko‘rinishli mantiqiy bog‘liqlikdagi
          harakatlanishda bo‘ladi, degan tasavvurda tadqiq qilish imkonini be-
          radi. Mazkur qonuniyatni tahlil qilar ekanmiz, bunda o‘zaro bog‘liq
          bo‘lgan ikki asosiy: S – shakldagi mantiqiy egri chiziq va “texnologik
          uzilish (chegara)” tushunchalariga eʼtibor qaratishimiz talab etiladi.
          S – shakldagi mantiqiy egri chiziq yordamida texnologiyalarning al-

          mashinish va diffuziya jarayonlari aks ettirilishi mumkin.







                                                71
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77