Page 77 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 77

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                • Bozor iqtisodiyotining rivojlanishida innovatsion jarayonlarning
             mohiyatini va rolini o‘rganish; innovatsiyalarning hayotiylik siklini
             talqin qilish;
                • Texnologik innovatsiyalar bilan bog‘liq holda tadbirkorlik
             nazariyasini  ishlab  chiqish  (“tadbirkorlar-innovatorlar”  va “tadbir-

             korlar-konservatorlar”);
                • Iqtisodiy o‘sishning sabablarini tushuntirishda neoklassik naza-
             riyadan tubdan farq qiluvchi evolyutsion iqtisodiy nazariyaning yana-
             da taraqqiy etishi.
                2-bosqich: XX asrning 40-yillari – 70-yillarning o‘rtalari.
                Ushbu  bosqichda  o‘tgan  davrning  asosiy  innovatsion  g‘oyalarini
             rivojlantirish  va  batafsillashtirish  ishlari  davom  ettirildi,  tadqiqot
             yanada amaliy ahamiyat kasb eta boshladi, innovatsion loyihalarni
             rejalashtirish, tashkil etish, moliyalashtirish, boshqarish va ularning

             samaradorligini baholashning funksional jihatlari ishlab chiqildi.
                3-bosqich: XX asrning 70-yillari oxiri – XXI asr boshlari.
                Innovatsiyalar  nazariyasi  rivojlanishining  mazkur  bosqichini
             milliy  innovatsion  tizimlari  konsepsiyasining  fundamental  asosla-
             rini  yaratish,  tizimli  hodisa  sifatida  innovatsiyalarning  mohiyatini
             tahlil  qilish,  innovatsiyalarning  yangi  tiplarini  tasniflash  sohasida
             yangicha nazariy yondashuv sifatida qarashimiz mumkin.

                XX asrning 70-yillari
                • Nemis iqtisodchisi G. Mensh tomonidan innovatsiyalar tasnifi-
             ning ishlab chiqilishi (bazisli, takomillashtiruvchi va psevdoinnovat-
             siyalar).
                •  Bazisli innovatsiyalar klasteri va shuningdek, bazisli va takomil-
             lashtiruvchi innovatsiyalar o‘rtasidagi nisbatlarni tadqiq qilish.
                • Innovatsion biznesni dinamik modellashtirishga asos bo‘lgan
             S – shakldagi mantiqiy egri (Mensh – Foster egrisi) chizig‘i asosida
             iqtisodiyotning davriyligi va innovatsiyalarning davriyligi o‘rtasidagi

             bog‘lanishlarni tahlil qilish (1979).
                XX asrning 80-yillari
                •  Innovatsiyalarning mohiyatini va ularning tasniflanishini yanada
             aniqlashtirish, uzun to‘lqinlarning turli – ko‘tariluvchi va pasayuvchi

                                                   76
   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81   82