Page 80 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 80
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
alohida ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asnosida iqtisodiyotda takror-
lanib turuvchi sikllar, yoki uzun to‘lqinlar mavjudligiga ishora qiladi.
Ushbu sikllar asosiy innovatsiyalardan tashkil topgani holda ikki lam-
chi takomillashtirish va maqbullashtirishlarni ko‘zda tutadi. Keyin-
chalik, Shumpeter uzun to‘lqinlar nazariyasini takomillashtirgani
holda u aynan texnik o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligini taʼkidlaydi.
Innovatsiya nazariyasi doimiy ravishda yangilanib va boyib boradi,
bu haqiqatdan ham fan va texnika taraqqiyoti, shu bilan bir iqtisodiy
rivojlanishning keng qirrali va murakkab jarayon ekanligini ko‘rsata-
di. Shuni taʼkidlash lozimki, innovatsiyalar nazariyasi hali yetarlicha
takomillashmagani holda bu borada turli ziddiyatli qarash va yon-
dashuvlar mavjud.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushun-
chasining yagona talqini mavjud emas. Innovatsiya murakkab, keng
ko‘lamli kategoriya sifatida har taraflama tadqiq qilinadi. Tadqiqot
obyekti va predmetiga qarab innovatsiyalar: natija; o‘zgarish; ja-
rayon sifatida ko‘rib chiqiladi
Bugungi kunda innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot sohasida statistik
kuzatishlar olib borishda 1963-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraq-
qiyot tashkiloti ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan “Fraskati
qo‘llanmasi”dan xalqaro miqyosda keng foydalaniladi
Mazkur hujjatda innovatsiya birinchi navbatda innovatsion faoli-
yatning yakuniy natijasi sifatida, mahsulot shaklida yoki texnologik
jarayonlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi
usullari ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi istiqbolli yangilik sifatida
talqin qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda mahsulotli va jarayon-
li innovatsiyalarni farqlashimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu innovatsi-
yalarda ilmiy g‘oyalar, kashfiyotlar va ixtirolar, nou-xau, maʼlumot-
lar, yangi tadqiqot yechimlari, modellar va intellektual mahsulotning
boshqa turlari moddiylashadi va amaliyotga tatbiq etiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiyalarni natija sifatida ko‘rib chi-
qishda “yangi texnologiyalar”, “yuqori texnologiyali mahsulotlar”,
“fan sig‘imkor mahsulotlar” kabi tushunchalardan foydalaniladi. Bu
innovatsion faoliyat natijasini tarmoq nuqtai nazaridan baholash
79