Page 79 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 79

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
                Yigirmanchi asrning so‘nggi o‘n yilliklari, ayniqsa, 90-yillar, ilmiy-
             texnik taraqqiyot iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili, firma-
             lar, tarmoqlar va milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi asosi
             ekanligini  to‘lig‘icha  isbotladi.  Bugungi  kunda  butun  dunyoda  is-

             tiqbolli kelajakni taʼmin etish, mehnat unumdorligini oshirish, umu-
             man olganda kuchayib borayotgan raqobat sharoitida omon qolish-
             ning birdan bir manbai innovatsiyalarga bog‘liq degan yakdil qarash
             paydo bo‘ldi.
                20-asrning  boshlarida  texnika  sohasida  olimlar  tomonidan  “in-
             novatsiya”  tushunchasiga  alohida  eʼtibor  qaratila  boshlandi.  Maz-
             kur tushuncha dastlab, avstriyalik olim Jozef Shumpeter tomonidan
             “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (1911) asarida keltirib o‘tiladi. O‘sha
             davrda  innovatsiyalarning  tabiatiga  unchalik  ham  eʼtibor  berilma-

             gani holda, rivojlanishning taʼminlashning yangi texnik-texnologik
             variantlariga urg‘u berilgan.
                Shumpeter o‘zgarishlarning 5 turini ajratib ko‘rsatadi:
                1. Ishlab chiqarish jarayonida yangi texnika va va yangi texnologik
             jarayonlardan  foydalanish,  ishlab  chiqarishni  taʼminlashda  bozor
             tamoyillariga asoslangan yangicha usul va vositalarni joriy qilish.
                2. Yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarni joriy qilish.

                3. Yangi xomashyo va resurslardan foydalanish.
                4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnik taʼmi-
             notida o‘zgarishlar yasash.
                5.  Mahsulot va xizmatlarni sotishda yangi bozorlarning paydo
             bo‘lishi.
                O‘tgan asrning 30-yillaridayoq, Shumpeter innovatsiya konsep-
             siyasini ilmiy muomalada foydalana boshlaydi, uning fikricha, inno-
             vatsiyaning asosini isteʼmol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab
             chiqarish va transport vositalari, bozorlar va sanoat ishlab chiqari-

             shini yangicha yo‘sinda tashkil etish shakllarini joriy etish va ulardan
             foydalanish bo‘yicha o‘zgarishlar tashkil qiladi.
                Innovatsiyalarni  tadqiq  qilishda  rus  iqtisodchisi  N.  D.  Kondrat-
             yevning ilmiy izlanishlari muhim o‘rin tutadi. U 50-60 yil oraliqdagi

                                                   78
   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84