Page 75 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 75
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
etilgan variantlarning har biri o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy-tadqiqot
maqsadlaridan kelib chiqqan holda u yoki bu tadqiqotchining mu-
alliflik qarashlarini aks ettiradi. Innovatsiyalar nazariyasining pay-
do bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi borasida to‘laqonli va tizimli
tasavvurga ega bo‘lish uchun bizning fikrimizcha tadrijiy va maq-
sadli tahlil usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tadrijiy (evolyutsion) tahlil usuli innovatsion sohadagi jarayonlar
va zamonaviy tendensiyalar tabiatini chuqurroq tushunib olish va
innovatsiyalar nazariyasi rivojlanishi evolyutsiyasining umumiy
mantig‘ini anglab etish, innovatsion taraqqiyotning qonuniyatlari
borasida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu o‘rin-
da tasniflashning asosiy mezoni bo‘lib tarixiy yondashuv hisobla-
nadi. Tarixiy yondashuvda – tarixiy rivojlanish jarayonida paydo
bo‘lgan tushunchalar, maktablar va nazariyalarni tahlil qilish va
tasniflashga alohida eʼtibor beriladi. Maqsadli tahlil usuli asosida
har bir tadqiqot maqsadiga mos keluvchi innovatsiyalar nazariyasi
konsepsiyalari va yondashuvlarni chuqur tahlil qilish, tasniflash va
umumlashtirish talab etiladi.
Innovatsiyalar nazariyasining tarixiy shakllanish va rivojlanishi
jarayonida ko‘pgina tadqiqotchilar bir muncha o‘ziga xos sifat belgi-
lariga ega bo‘lgan bosqichlarni ajratib ko‘rsatishadi:
1-bosqich: XIX asr oxiri – XX asrning 30-yillari.
Bu siklik inqirozlar va uzun to‘lqinlar nazariyasi doirasida iqti-
sodiy o‘sish omillari va sabablarini tadqiq qiluvchi konsepsiyalar gu-
ruhi shakllana boshlagan innovatsiyalar nazariyasining fundamental
asoslari shakllanish davri hisoblanadi. Mazkur yondashuvning asosiy
g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti “yuksalish –
pasayish – yuksalish” sikliga asoslangan qonuniyat asosida yuz bersa,
iqtisodiy o‘sishning asosiy omili innovatsiyalardan iborat ekanligini
ko‘rsatib berishdir. Innovatsiyalar nazariyasi taraqqiyotining ushbu
bosqichi shunisi bilan eʼtiborliki, ushbu davrda N.D. Kondratyevning
“uzun to‘lqinlar” sikli kashf qilindi, innovatsion jarayonda tadbir-
korlikning yangicha o‘rni va innovatsiyalarning mohiyatini yoritib
beruv chi Y. Shumpeterning tadbirkorlik va innovatsiyalar nazariyas-
74