Page 70 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 70

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            15. Raqobatbardoshlilik tamoyili. Yangilik kiritish siyosati bo-
          zordagi raqobatchilarning faoliyatini hisobga olish, ularning imkoni-
          yatlari, kuchli va ojiz tomonlarini tahlil qilish, raqobatchilarning yu-
          tuqlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish (benchmarketing) aso-
          siga qurilishi, shuningdek, ilgarilama xususiyatga ega bo‘lishi kerak.

            16. Umumiylik tamoyili (yagona innovatsion strategiya). Tash-
          kilot innovatsion faoliyat sohasida iqtisodiy, moliyaviy va kadrlar bi-
          lan bog‘liq imkoniyatlarni, jamiyatga ko‘rsatiladigan ijtimoiy taʼsir-
          ni hamda tashqi muhit omillarini inobatga oluvchi strategiya ishlab
          chiqadi.
            17. Yangilikning tijorat sohasidagi samarasi. Tijorat salohiyati-
          ga ega bo‘lgan yangi mahsulot innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yishga
          sarflangan xarajatlarni qoplashga, tashkilotning hayoti va faoliyatini
          taʼminlashga, tashkilotni keyingi yangiliklarni yaratishga rag‘batlan-

          tirishga etadigan foyda keltirgan taqdirdagina innovatsion faoliyat
          jarayonli tavsifga va maʼnoga ega bo‘ladi.
            18. Ekologik xavfsizlik tamoyili. Har qanday yangilik atrof-muhit
          uchun ziyon keltirmaslikni kafolatlashi kerak. Tashkilot ziyon yetka-
          zilishi mumkinligini nazarda tutadi va uning oldini olish choralarini
          ko‘radi. Pirovard natijada tabiatga va insonga ziyon yetkazuvchi yan-
          gi mahsulotni jamiyat rad etadi va u tashkilotga foyda keltirmaydi.

            19.  Bozor  talabining  ustunligi  tamoyili.  Innovatsion  faoliyat
          bilan  shug‘ullanuvchi  firma  tijorat  sohasida  samara  olish  uchun
          isteʼ molchining ehtiyojlarini qondirishga harakat qilishi hamda o‘zi
          ishlab chiqara oladigan yangiliklarni emas, balki isteʼmolchi uchun
          haqiqatdan ham zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni taklif etishi
          lozim.
            Innovatsion faoliyat va jarayonlarning yuqori samaraga ega bo‘li-
          shi uchun yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillarni birdek muhim, deb
          hisoblashimiz va innovatsion faoliyatni mazkur tamoyillarning o‘za-

          ro uyg‘unligida tashkil etishimiz talab etiladi.


                   2.3. Bazisli innovatsiyalar va texnologik ukladlar
            Texnologik ukladlarning ketma-ket almashinuvi asosida bazisli

                                                69
   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75