Page 65 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 65
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
halarida tadbirkorlik va novatorlik ruhi rivoj topadi. Ahamiyatsiz
shakl o‘zgartirish (psevdoinnovatsiya)larga quyidagilarni kiri tishimiz
mumkin:
- mahsulotlarning konstruktiv yechimini o‘zgarishsiz qoldirgan
holda mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari, isteʼmol xususiyatlari va
shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi materiallar va komponentlarga
yetarlicha katta taʼsir ko‘rsatmasdan mahsulotlarning tashqi ko‘rini-
shiga yoki texnik tavsifiga sezilarsiz o‘zgartirishlar kiritish;
- joriy bozor talabini qondirish va korxona daromadlarini oshirish
maqsadida bozorda avvaldan mavjud bo‘lgan ammo korxonada ish-
lab chiqarilmayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish
orqali mahsulot nomenklaturasini kengaytirish.
Psevdoinnovatsiyalar – odatda tizim hayotiylik siklining yakuniy
bosqichida kengayib boradi, u o‘z imkoniyatlarini to‘lig‘icha sarflab
bo‘lgan bo‘lsa-da, bir qadar istiqbolli tizimning jarayonga qo‘shili-
shiga qarshilik ko‘rsatadi.
Qo‘poruvchi innovatsiyalar. Kompaniyalarda innovatsion rivoj-
lanish jarayonlarining tezligi ko‘pincha, isteʼmolchilarning tavsiya
etilayotgan yangi mahsulot yoki xizmatlarni qabul qila olishlari da-
rajasidan ancha shiddatliroqdir kechadi. Natijada ushbu kom-
paniyalarning ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlari keng
isteʼmolchilar auditoriyasi uchun favqulodda murakkab va o‘ta qim-
mat bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda kompaniyalar o‘zlarining talab-
chan isteʼmolchilariga eng yuqori narxlarda mahsulot va xizmatlari-
ni taklif eta borib eng yuqori foyda darajasini taʼmin etadilar. Albatta,
o‘z-o‘zidan ayonki, bozorda bunday vaziyat uzoq muddat hukm sura
olmaydi, ayni shu holat bozorga qo‘poruvchi innovatsiyalarning kirib
kelishiga turtki beradi. Qo‘poruvchi innovatsiyalar mahsulot narxi-
ning qimmatligi yoki foydalanishning qiyinligi bois, avvallari bunday
mahsulotlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan isteʼmol-
chilarga mazkur mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini bera-
di. Qo‘poruvchi biznes faoliyat ko‘rsatishining dastlabki davrlarida
dovdirashlarga asoslangan korxonalar o‘zlarining mavjud bo‘lishi-
ning dastlabki bosqichlarida:
64