Page 61 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 61

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tobora jadallashuvi sharoitida innovatsion jarayonlar ham muayyan
             o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda.
                O‘zgarishlar  faqat  texnologiya  darajasida  bo‘lganda  Y.  Shumpe-
             ter uni ixtiro deb ataydi va qachonki mazkur o‘zgarishlarga biznes
             qo‘shilsa, unda ular innovatsiyalarga aylanadi, deydi. Uning nuqtai

             nazaridan, majoziy qilib aytganda, innovatsiya – bu g‘oya egalari va
             tadbirkorlarning uchrashuvidir.
                Y.  Shumpeterning  yirik  asarlaridan  biri  “Iqtisodiy  rivojlanish
             nazariyasi”  1912-yilda  Germaniyada  chop  etilgan  bo‘lib,  mazkur
             asarda asosiy eʼtibor u “tadbirkorlar” deb atagan innovatsion – faol
             individumlar bilan ularning inert muhiti o‘rtasidagi aloqalarga qa-
             ratilgan.  Keyinchalik  uning  ilmiy  izlanishlari  o‘z  ichiga  yirik  kor-
             xonalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini ham
             qam rab olgan.

                Y.  Shumpeterning  qarashlariga  muvofiq,  tadbirkor-innovator  ix-
             tirolar va yangiliklarni joriy etish o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hi-
             soblangani  holda,  uning  faoliyati  iqtisodiy  taraqqiyotning  sifat  ji-
             hatdan o‘zgarishiga katta hissa qo‘shadi. Innovator-tadbirkorning
             iqtisodiyotdagi funksional o‘rni shundan iboratki, u innovatsiyalar-
             ni  iqtisodiyotga  joriy  etish  orqali  iqtisodiyotda tarkib topgan mu-
             vozanat holatini izdan chiqaradi, iqtisodiyot muvozanat holatiga in-

             tilishi asnosida innovator-tadbirkor tadbirkorlik foydasini olish bilan
             bir qatorda, bugungi fanda “innovatsion renta” va “innovatsion kva-
             zirenta”, deb ataluvchi yuqori qo‘shimcha daromadlarga ega bo‘la-
             di. Olim bu boradagi o‘zining ilmiy izlanishlari va shuningdek, raqo-
             batli bozorda iqtisodiy subyektlarning xulq-atvor qoidalarini tadqiq
             etish orqali iqtisodiy o‘sish sabablarini tushuntirishga harakat qiluv-
             chi neoklasik nazariya vakillaridan farqli o‘laroq, iqtisodiy o‘sishda
             tadbirkorlikning ahamiyatiga katta urg‘u bergani holda, iqtisodi-
             yot nazariyasining tadrijiy taraqqiyotiga o‘zining salmoqli hissasini

             qo‘shdi.
                Iqtisodiy subyektlarni innovatorlarga va konservatorlarga bo‘lish
             tadrijiy  nazariyaning  boshlang‘ich  nuqtasidir.  Neoklassik  nazariya
             nuqtai nazaridan iqtisodiy o‘sishni tadbirkorlar emas, balki umumiy

                                                   60
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66