Page 59 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 59

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV




























                                   2.2-rasm. Innovatsion jarayon modeli.


                Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan birining mavjud emasli-
             gi  yangilik  (novatsiya)larning  innovatsiyalarga  aylanish  jarayoniga
             o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi, chunki innovatsiya yangilikni bu-
             tun bir jamiyat yoki iqtisodiy makon bo‘ylab tarqatishni (diffuziya)
             ifoda etadi. Adabiyotlarda innovatsiyalarni yangiliklarni (mahsulot,

             xizmat, jarayon) yaratish jarayoni sifatida tushuntiruvchi yondashuv-
             lar ham mavjud. Masalan, ingliz iqtisodchisi B. Tviss innovatsiyalar-
             ni ixtiro yoki g‘oya iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib boradigan
             jara yon sifatida talqin qilsa, D. Messi, P. Kvintas, D. Uildlar innovat-
             siyani yangi mahsulot, yangi texnologiya yoki yangi tizim yaratish
             borasida loyihalash, tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishni tashkil
             etish kabi faoliyat turlarini o‘z ichiga oluvchi jarayon sifatida tush-
             untirishga harakat qiladilar.














                                                   58
   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64