Page 56 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 56

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            1963-yilning iyunida Italiyaning Fraskati shahrida Iqtisodiy rivoj-
          lanish va hamkorlik tashkilotining ilmiy va texnologik ko‘rsatkichlar
          bo‘yicha  milliy  ekspertlar  guruhining  yig‘ilishi  bo‘lib  o‘tdi.  Ushbu
          uchrashuvning natijasi sifatida “Ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental
          taraqqiyotni  baholash  uchun  tavsiya  etilgan  standartlar”,  deb  ras-

          miy nom olgan “Fraskati qo‘llanmasi” yaratilgan. Hujjatni yaratishda
          zamonaviy innovatsiya nazariyasining asoschilaridan biri, angliyalik
          iqtisodchi Kristofer Frimen o‘zining katta hissasini qo‘shgan. O‘sha
          vaqtdan boshlab hujjat qayta-qayta chop etildi. Xususan, 2002-yilda
          u 6 marta qayta nashr qilindi. “Fraskati qo‘llanmasi” iqtisodiy rivojla-
          nishdagi ilm-fan va texnologiyalarning o‘rnini tushunish uchun zarur
          bo‘lgan asoslarni belgilab beradi. Hujjatda keltirib o‘tilgan bazaviy
          ilmiy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, eksperimental tadqiqotlar, il miy
          tadqiqotchilar,  texnik  xodimlar,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  ko‘mak-

          lashuvchi yordamchi xodimlar kabi tushuncha va atamalar bugungi
          kunda jahonda fan va texnologiyalar sohasidagi siyosatni muhokama
          qilishda umum qabul qilingan tushunish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
            Innovatsiyalarning  tabiati  doimiy  o‘zgarishlarga  uchraydi,  shuning
          uchun  bu  o‘zgarishlarni  aks  ettiruvchi  zamonaviy  ko‘rsatkichlar-
          ga doimo obyektiv tarzda ehtiyoj tug‘ilishi tabiiy jarayon, albatta.
          1980–1990-yillar  davomida  innovatsiyalarni  tahlil  qiluvchi  tahli-

          liy modellarni ishlab chiqish va ularni rivojlantirish borasida katta
          hajm dagi ishlar amalga oshirildi. 1992-yilda amalga oshirilgan ishlar
          asosida sanoatda amalga oshayotgan mahsulotli, jarayonli va tex-
          nologik innovatsiyalarga yo‘naltirilgan “Oslo qo‘llanmasi”ning birin-
          chi nashri yaratildi. Yo‘riqnoma biznes sohasidagi innovatsiyalar ning
          tabiati  va  samaradorligini  keng  ko‘lamda  baholash  uchun  muhim
          vosita bo‘lib xizmat qiladi, xususan, uning asosida Yevropa Ittifoqi
          komissiyasining  innovatsiyalar  Komissiyasi  hisoboti  tuzib  chiqila-
          di. 1997-yilda xizmat ko‘rsatish sektorini ham o‘z ichiga olgan “Oslo

          qo‘llanmasi”ning ikkinchi nashri chiqarildi. Iqtisodiy rivojlanish va
          hamkorlik tashkiloti va Yevrostat hamkorligida 2005-yilning oktabr
          oyida  nashr  qilingan “Oslo  qo‘llanmasi”ning  uchinchi  nashri  mar-
          keting va ishlab chiqarishni tashkil sohasidagi innovatsiyalarni o‘z

                                                55
   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61