Page 58 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 58

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          (novatsiya)lar  ham  innovatsiya  bo‘la  olmaydi.  Innovatsiyalar  qaysi
          sohaga yoki qanday ko‘rinishga ega ekanligidan qatʼiy nazar ularning
          mohiyatini aks ettiruvchi umumiy jihatlar birlashtirib turadi. Ko‘rib
          chiqilayotgan mahsulot (xizmat, texnologiya)larning innovatsiya si-
          fatida qabul qilinishining asosiy sharti hisoblanuvchi va ayni paytda

          innovatsiyalarning umumiy qirralarini ochib beruvchi xususiyatlarni
          ko‘rib chiqamiz.
            Birinchidan, ishlab chiqarishga joriy etilayotgan va yoki bozor-
          ga olib chiqilayotgan barcha mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar yangi
          (yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan) bo‘lishi lozim.
            Ikkinchidan,  yaratilgan  mahsulot  ishlab  chiqarish  yoki  shaxsiy
          isteʼmol ehtiyojlarini qondira olishi va ayni paytda kiritilgan yangilik
          aniq bir tovar, xizmat yoki jarayonda o‘z aksini topgan bo‘lishi talab
          etiladi.

            Uchinchidan, yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos kelishi, ti-
          jorat jihatdan o‘zini oqlashi va pirovardida ishlab chiqaruvchiga foy-
          da keltirishi kerak.
            Taʼkidlash lozimki, innovatsiyalar uchun yuqorida sanab o‘tilgan
          barcha xususiyatlar birdek muhim hisoblanadi:
            • ilmiy-texnikaviy yangilik;
            • ishlab chiqarishda foydalanish;

            • tijorat nuqtai nazaridan o‘zini oqlashi.


























                                                57
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63