Page 62 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 62
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
talab va taklifni davlat tomonidan tartibga solishning samarali me-
xanizmi taʼminlaydi; barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir xil
ekanliklari bois, iqtisodiy o‘sishning innovatsiyalar omilida apriori
mavjud emas.
Innovatsion jarayon bilan innovatsion faoliyat tushunchasi cham-
barchas bog‘liqdir. Innovatsion faoliyat deyilganda g‘oyalar (odatda
ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalari yoki boshqa ilmiy va tex-
nologik yutuqlar)ni bozorga tatbiq etiladigan yangi yoki takomil-
lashtirilgan mahsulotga aylantirish, amalda foydalanilayotgan tex-
nologik jarayonlarni yangi yoki takomillashtirilgan texnologik ja-
rayonlar bilan almashtirish va shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘r-
satishga yangicha yondashuv bilan bog‘liq faoliyat tushuniladi. Xal-
qaro statistika amaliyotida qabul qilingan novatsiyalarni statistik
o‘rganish uslubiyotining asosiy qoidalari “Fraskati qo‘llanmasi”da
ko‘zda tutilgan.
2.2. Innovatsiyalarni tasniflash
Innovatsiyalarning turli tiplari va ko‘rinishlari ishlab chiqish,
amalga oshirish va tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega
bo‘lgani holda ular o‘z navbatida innovatsion faoliyatni boshqarish-
da o‘ziga xos yondashuvlarni talab etadi. Shundan kelib chiqqan hol-
da innovatsiyalarni tasniflash nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyat
ham kasb etadi. Shu bois ham innovatsiyalarni boshqarish asosida
innovatsiyalarni turli o‘lchamlar, mezonlar va turli o‘ziga xos jihat-
lari bo‘yicha tasniflash, ularni tiplarga ajratish yotadi. Bir necha bor
taʼkidlab o‘tilganidek, “innovatsiya” tushunchasi juda ko‘p qirrali
bo‘lib, uning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, tasniflash va tur-
li sohalarda namoyon bo‘lish shakllari borasida hanuz ilmiy bahs va
munozaralar to‘xtaganicha yo‘q.
Innovatsiyalarni tasniflashning ko‘plab variantlari mavjud. Ular-
dan eng muhimlarini tavsiflashga harakat qilamiz. Avvalo, yangilik
darajasiga ko‘ra innovatsiyalarni farqlash lozim. Bir necha yuz yil
ichida bir marotaba yuz bergani holda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ha-
yotida tub o‘zgarishlarga olib keluvchi va ishlab chiqarishda yangi
61