Page 57 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 57
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ichiga qamrab olgan holda texnologik bo‘lmagan innovatsiyalar-
ga ham atroflicha eʼtibor qarata boshladi. So‘nggi 40 yil mobaynida
ilmiy va texnologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi
mu ta xassislari “Fraskati oilasi” deb nomlangan bir qator hujjatlar
to‘plamini ishlab chiqdilar. Bu hujjatlar to‘plamiga ilmiy-tadqiqot-
lar va ishlanmalar bo‘yicha “Fraskati qo‘llanmasi”, innovatsiyalar
bo‘yicha “Oslo qo‘llanmasi”, inson resurslari bo‘yicha “Kanberra qo‘l-
lanmasi” va shuningdek, to‘lovlar va patentlarning texnologik balan-
si kabilarni kiritishimiz mumkin.
Innovatsiyalarning mohiyatini va o‘ziga xos jihatlarini tushunib
yetishda “yangilik (novatsiya)” va “innovatsiya” tushunchalari o‘rta-
sidagi farqni aniqlab olish muhim sanaladi. Yangilik (novatsiya) – har
qanday sohada (yangi bilim, uslub, ixtiro) fundamental, amaliy tad-
qiqot va rivojlanishning rasmiy natijasidir.
Yangiliklarni
Yangilik Tijoratlashtirish
joriy qilish
2.1-rasm. Yangilik (ixtiro)larning innovatsiyaga aylanish jarayoni
Yangiliklarni joriy qilish, yaʼni yangi bilimlarni muayyan ehtiyoj-
larni qondirish va bozor tan olinishi uchun amaliy tatbiq etilishi
yangiliklarni innovatsiyaga aylantiradi. Innovatsiyalarning hozirgi
zamon nazariyasida “yangilik” va “innovatsiya” atamalari o‘rtasida
farqqa unchalik eʼtibor qaratilmaydi, ulardan amalda sinonim tu-
shunchalar sifatida foydalaniladi.
Shunday qilib, innovatsiya yangilik (novatsiya)dan shunisi bilan
farq qiladiki, yangi mahsulot dastlab bozorga kiradi, so‘ngra bozor to-
monidan qabul qilinsagina, u keyinchalik tijorat qiymatiga ega bo‘la-
di. Ko‘rinib turibdiki, innovatsiya (yangiliklarni joriy qilish) bu yan-
gilikni amalda qo‘llashni anglatadi. Yaratilgan yangi mahsulot, yangi
texnologiya yoki mehnatni tashkil etish va boshqarish borasida ish-
lab chiqilgan yangicha yondashuvlar amalda o‘z ifodasini topsagina,
bu yangiliklar innovatsiyalarga aylana oladi, demakki barcha yangilik
56