Page 54 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 54

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ga to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakat-
          da innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
          hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy
          sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda
          joriy qilishni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish zarurati-
          ni taqozo etadi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda mamlakatimizda

          “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi va “Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
          Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi milliy iqtisodiyotda inno-
          vatsion faoliyat yo‘nalishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘ta-
          rishga  imkon  beradi.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Innovatsion
          faoliyat  to‘g‘risida”gi  Qonunida  innovatsiyalarga  o‘z  shaxsiy  man-
          faatlarida foydalaniluvchi yoki muomalaga kiritilgan yangi yoki tako-
          millashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologiya,
          yangi xizmat, maʼmuriy, tijorat, ishlab chiqarish yoki boshqa tavsif-
          dagi yangicha tashkiliy-texnik yechim sifatida taʼrif berilgan .
                                                                               9
            Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlanti-
          rish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, bu bora-
          da qator kamchiliklar ham mavjud. Shu maqsadda 2018-yil 7-mayda

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va
          sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillash-
          tirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul
          qilindi. Mazkur qarorda taʼkidlanishicha, mamlakatda qisqa muddat-
          da innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va in-
          novatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qa-
          ratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikani innovat-
          sion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini

          amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovat-
          sion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘ar-
          masi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan
          biri bo‘ldi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish
          tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmla-
          rini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan
          bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, ularga, avvalambor:

          9   O‘zbekiston  Respublikasining  “Innovatsion  faoliyat  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  2020-yil  24-iyul  O‘RQ-630-son.
          https://lex.uz/docs/-4910391
                                                53
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59