Page 50 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 50
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
o‘zagi XIX asrning o‘rtalaridan boshlansa-da, biroq ular dastlabki
farazlar edi, xolos. 1847-yilda ingliz olimi H. Klark 1793- va 1847-yil-
lardagi ikki jahon urushi orasida 54 yil muddat o‘tganligini taʼkidladi.
Dastlab, u ikki jahon urushi oralig‘idagi bu vaqt shunchaki tasodifiy
emas va bunday falokatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar mavjud,
degan taxminni ilgari surdi. Rus iqtisodchisi N.D. Kondratyev iqti-
sodiy konyunkturaning uzun to‘lqinlari muammosi bilan qiziqqan
va ularning doirasida innovatsion jarayonlarni tadqiq qilgan birinchi
shaxslardan edi. Olim davriy inqirozlar va uzun to‘lqinlar o‘rtasida
qatʼiy nisbatlar mavjudligini isbotladi va bu nisbatlar o‘z tabiatiga
ko‘ra endogen tavsifga ega ekanligini dalillar asosida ko‘rsatib berdi.
N.D. Kondratyev birinchilardan bo‘lib iqtisodiyotning uzun to‘lqin-
lar qonuniyati asosida harakatlanishini va biznes faolligi sikllari ning
yalpi tizimga taʼsirining obyektiv jihatga ega ekanligini ko‘rsatib
berdi. 1915-yilda amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Torsteyn Veblen
mamlakatlarning nisbiy iqtisodiy ahvolini o‘zaro taqqoslash bilan bir
qatorda dastlabki sanoat afzalliklari bilan bog‘liq nomutanosibliklar-
ni ham tahlil qildi (Veblen, 1915).
Bugungi kundagi barcha innovatsion konsepsiyalarning dastlab-
ki yaratuvchisi bo‘lgan avstriyalik iqtisodchi Y. Shumpeterning uzun
to‘lqinlar innovatsion nazariyasining asosida iqtisodiy rivojlanishga
ilmiy va texnologik taraqqiyot shakllari va ko‘rinishlarining taʼsirini
ochib berishga yo‘naltirilgan N.D. Kondratyev nazariyasi yotadi. Ijti-
moiy fanlarning vujudga kelish davrida yashar ekan u innovatsiya-
lar va unga taʼsir etuvchi omillarga asosiy eʼtiborni qaratgani holda
uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘rganish borasida
favqulodda o‘ziga xos yondashuvni yaratish maqsadida iqtisodiyot,
sotsiologiya va tarix fanlariga oid g‘oyalarni o‘zaro birlashtirdi. Shu
tariqa, u o‘zini o‘sha davrda vujudga kelayotgan neoklassik mak-
tab vakillarining g‘oyalaridan uzoqroq tutishga harakat qildi. Zero,
Y. Shumpeterning fikricha: “iqtisodiy hayot juda inert..., shu tariqa
statik jarayonlar nazariyasi iqtisodiyot nazariy bazasining mohiyati-
ni tashkil etadi... Men buning noto‘g‘ri ekanligini va iqtisodiy tizim
ichida har qanday erishilgan muvozanatni buzishga qodir bo‘lgan
49