Page 45 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 45

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV

                             INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY
              2-MAVZU        TUSHUNCHALARI. INNOVATSIYALAR
                             NAZARIYASIGA KIRISH

                2.1. Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari

                2.2. Innovatsiyalarni tasniflash
                2.3. Bazisli innovatsiyalar va texnologik ukladlar
                2.4.  Innovatsiyalar  nazariyasi  rivojlanishining  asosiy  bos-
             qichlari
                Mavzuning  qisqacha  sharhi.  Innovatsiyalarni inson turmush
             faoliyatini  osonlashtirish,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  usul  va
             shakllarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyat sifatida talqin qi-
             lish o‘rinlidir. Bu borada innovatsiyalarni turli xil belgi va jihatlariga
             ko‘ra tasniflash, innovatsiyalarning tub iqtisodiy mazmunini ochib

             berish muhim o‘rin tutadi. Mazkur mavzu doirasida innovatsiyalar,
             innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, innovatsion faollik kabi
             tushuncha  va  kategoriyalar  o‘rganilgan,  innovatsion  faoliyatning
             asosiy tamoyillari ochib berilgan.


                           Sirdaryo innovatsion hududga aylantiriladi

                Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos. Bir viloyat ichidagi tu-
             manlarning imkoniyatlari ham bir-biriga o‘xshamaydi. Bitta hudud min-
             eral xomashyo resurslariga boy hisoblansa, boshqa bir hududda mineral
             xom ashyo resurslari juda kam, bunday tafovut, albatta, inson salohiyatini
             oshirish hisobiga bartaraf etilishi lozim. Shu bois Qoraqalpog‘iston Res-
             publikasi, Toshkent shahri va viloyatlar iqtisodiyotini rivojlantirish ma-
             salalari alohida, manzilli tarzda muhokama qilib borilmoqda. Preziden-
             timiz Shavkat Mirziyoyevning joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
             borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qa-

             ratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tani-
             shish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadidagi hududlarga
             tashriflarida birinchi navbatda hududlar iqtisodiyotidagi o‘sish nuqtala-
             rini belgilash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashga
             alohida eʼtibor qaratilmoqda.

                                                   44
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50