Page 41 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 41

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             da quyosh panellari yordamida o‘zini to‘liq elektr energiyasi bilan
             taʼminlovchi parrandachilik fabrikasini ishga tushirishdi.
                agroportal.ua maʼlumotlariga ko‘ra, 16×150 m. o‘lchamdagi ferma
             36 ming parrandaga mo‘ljallangan bo‘lib, dunyodagi eng yirik avto-
             nom parrandachilik fabrikalaridan biri hisoblanadi.

                O‘zini – o‘zi taʼminlovchi parrandachilik fabrikasi bilan yonma-yon
             anʼanaviy  tarzda  Markaziy  elektr  tarmog‘iga  ulangan  parrandalar
             uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha bino qurishgan. Ikkala bino misoli-
             da avtonom parrandachilik fabrikalarini barpo qilish qanchalik iqti-
             sodiy va ekologik jihatdan o‘zini oqlashi borasida tadqiqotlar o‘tkazi-
             lishi ko‘zda tutilgan.
                Yil davomida mutaxassislar tomonidan ikkita binoda elektr ener-
             giyasi isteʼmoli tekshirib boriladi. Olingan natijalar kelgusida parran-
             dachilik xo‘jaliklarini energiya bilan barqaror taʼminlashning yangi

             usul va vositalarini aniqlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
                Ularning fikricha, energiya resurslarining muttasil qimmatlashib
             borayotganligi  avtonom  parrandachilik  fabrikalari  loyihasining  is-
             tiqbolli ekanligidan dalolat beradi.


                                               Savollar
                1. Mazkur misolni innovatsion jarayonning qaysi bosqichiga misol si-

             fatida keltirish mumkin? Mazkur misolda innovatsiyalar va innovatsion
             faoliyat haqida so‘z borayapti, deb hisoblash mumkinmi?
                2. Shunga o‘xshash loyihalarni O‘zbekiston sharoitida amalga oshi-
             rish imkoniyatlarini baholang.
                3. Innovatsion loyihani amalga oshirish chog‘ida qaysi omillar hisobi-
             ga iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy samaraning qay biriga erishish mumkin?


                              Keys. “SavorEat” o‘simliklar asosida
                                    go‘sht ishlab chiqarmoqda

                “SavorEat” – Isroil start-upi bo‘lib, u o‘simliklar asosida geni o‘zgar-
             tirilgan qo‘shimchalarsiz robot – oshpazlar, 3D printerlar yordamida
             go‘sht ishlab chiqaradi. Hozirda start-up sabzavotli go‘shtli burger-
             lar ishlab chiqaradi va biftek, kabob va muqobil dengiz mahsulotlari

                                                   40
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46