Page 36 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 36

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Ochiq iqtisodiyot quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi:
            -  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasida  muayyan  bir
          faoliyat turiga ixtisoslashuvi;
            -  muhim tovar va xizmatlar narxlarining milliy va jahon ko‘lami-
          da taqqoslanishi;

            -  milliy iqtisodiyotda eksport qiluvchi sektorning mavjudligi;
            -  jahondagi tendensiyalardan kelib chiqqan holda, ishlab chiqa-
          rish va ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish;
            -  xalqaro shartnoma majburiyatlarining ustuvorligi va boshqalar.
            Kichik ochiq iqtisodiyot – katta bo‘lmagan mamlakat iqtisodiyo-
          tidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati hisobi va joriy
          operatsiyalar hisobi o‘z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozo-
          rida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda taʼsir
          ko‘rsata olmaydi

            Katta  ochiq  iqtisodiyot  –  ko‘lami  yirikligi  sababli  foiz  stavkasi
          mamlakatning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy taʼsirida
          shakllanadigan iqtisodiyotdir.
            Katta  ochiq  iqtisodiyot-  jahon  jamg‘armalari  va  investitsiyalari-
          ning katta qismiga egalik qilayotgan yirik mamlakat (AQSh, Xitoy,
          Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshq.) iqtisodiyotidir. Bunday dav-
          latlar jahon moliya stavkasiga taʼsir ko‘rsata oladi.

            Iqtisodiyotning  ochiqligi  darajasi  odatda  mamlakatning  tashqi
          savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy irodasiga bog‘liq bo‘la-
          di. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblana-
          di, chunki u tashqi savdoga juda bog‘langan. AQSh iqtisodiyoti esa
          nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal
          qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.


                           Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
            Jahon iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichi mavjud resurs-

          lardan foydalanish o‘zining halokatli chegarasi kelganligini anglash-
          ga olib keldi. Shuni alohida qayd etishimiz lozimki, yetarlicha resurs
          bazasiga ega bo‘lmasdan turib, iqtisodiy o‘sish va aholining turli
          qatlamlarini ijtimoiy zaruratlar bilan taʼmin etib bo‘lmaydi. Bugungi

                                                35
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41