Page 31 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 31

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             lanmalarning rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsion
             risklarni maksimal darajada kamaytirish vazifasi turibdi.
                Innovatsion infratuzilma rivojlanishining asosiy tamoyillari quyi-
             dagilar hisoblanadi: milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga
             moslik;     maksimal       moslashuvchanlik,       xalqaro      iqtisodiyotda

             raqobatdoshlik va transparentlik. Bunda milliy innovatsion tizimning
             bir segmenti sifatida funksional to‘laqonli innovatsion infratuzilma
             (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik markaz-
             lar, texnologiyalar transferi markazlari, venchur fondlari, intellektual
             mulk  birjalari,  marketing  markazlari,  ilmiy-texnik  rivojlanish
             markazlari) yaratish zarur.
                Texnik jihozlanishi va kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatdosh ilmiy-
             texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish,
             ularni ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni taʼminlay oluvchi,

             innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi subyektlarini
             yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi zarur.
                Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga
             oshirish quyidagilarga imkon beradi:
                -yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, as-
             bob-uskunalar, materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (to-
             var, xizmat) ishlab chiqarishning o‘sishini taʼminlash;

                -innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar
             mahsulotlari umumiy hajmining 20 foiz igacha yetkazish, yaʼni Yev-
             ropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashish;
                -fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha ish o‘rin-
             lari yaratish;
                - Ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI)
             va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini
             joriy  qilish  hisobiga  innovatsion  sohaga  qo‘shimcha  resurslar  jalb
             qilish;

                -zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-tex-
             nologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va b.),
             innovatsion faoliyat subyektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash me-
             xanizmlari yaratish va rivojlantirish;

                                                   30
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36