Page 30 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 30
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
yanada rivojlantirish hisobiga barcha aholi punktlari, ijtimoiy ob-
yektlar va magistral yo‘llarni keng tolali tarmoqlar bilan qamrab olish
ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2026-yil oxirigacha iqtisodiyotning real
sektori, moliya va bank sektorlarida ishlab chiqarish va operatsion
jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizgacha oshirish reja-
lashtirilgan. Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati hajmini 5
barobar, eksportini 10 barobarga oshirib, 500 million AQSh dollariga
yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shunday ekan, innovatsiyalar jamiyat rivojlanishi asosiy qonun-
larini amalga oshirishning zaruriy unsuri, uning rivojlanish va dina-
miklik sharti hisoblanadi. Jamiyatda tashkilotlarning rivojlanishi ular
faoliyatining barcha jabhalariga daxldor bo‘luvchi xilma-xil innovat-
siyalarni o‘zlashtirish yo‘li bilan ro‘y beradi.
Mamlakatimiz hamda xorijda fan va texnologiyalarning rivojlanish
tendensiyalari tahliliga ko‘ra, iqtisodiyotni rivojlanishning innovat-
sion yo‘liga fan-texnika sohasini ilmiy tadqiqotlardan tortib yuqori
texnologiyali mahsulot ishlab chiqarish va u bilan jahon bozoriga
chiqishgacha bo‘lgan jabhalarda kompleksli isloh qilish orqali o‘tish
mumkin. Bunday isloh qilish jarayonini shartli ravishda uchta asosiy
unsurga ajratish mumkin:
-mamlakat fani jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallashi eh-
timoli bo‘lgan sohalarni kengaytirish imkonini beruvchi ilmiy tad-
qiqotlarni tashkil qilish;
-tarmoq innovatsion tizimi, jumladan, bilimlarni samarali tijorat-
lashtirishni taʼminlovchi innovatsion infratuzilma yaratish;
-innovatsiyalar asosida sanoatni modernizatsiya qilish.
Bu unsurlarning uyg‘unlashgan tarzda rivojlanishini tashkil qil-
ish bo‘yicha ishlar raqobatli ustunliklarni amalga oshirish yo‘lidagi
to‘siqlarni aniqlash va mos keluvchi rivojlanish vositalarini tanlashni
taqozo etadi.
Innovatsion siyosat doirasida sanoat korxonalarida samarali insti-
tutsional va texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, sanoat kom-
paniyalarining tadqiqotchilik yo‘nalishidagi korxona va tashkilot-
lar bilan integratsiyalashuviga xizmat qilish, korporativ fan va ish-
29