Page 25 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 25
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
mujassam etgan yaxlit tizim mavjud emas va uning asosiy jarayonlari
o‘ta tarqoq shaklda qolib ketmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi
“Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi
PF-6097-sonli Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizni xalqa-
ro indekslar va reyting ko‘rsatkichlariga erishishida muhim qadam-
lardan biri bo‘ldi. Mazkur konsepsiyaning strategik maqsadi etib
milliy iqtisodiyotni taraqqiy toptirishning innovatsion va yuqori tex-
nologik formatiga o‘tish, innovatsion mahsulotlar hajmini kengayti-
rish, xalqaro miqyosda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
Konsepsiyada bir necha jihatlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Yaʼni
hozirgi kunda ilm-fan va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilayotgan mablag‘
mamlakat yalpi ichki mahsulotining atigi 0,2 foizini tashkil etishi,
ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish darajasi pastligi va
innovatsion korxonalarga investitsiya hamda bank kreditlarini jalb
qilish imkoniyati sustligi qayd etilgan. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra,
O‘zbekistonda 2020-yilda 4290 ta innovatsiya joriy etilgan (ushbu
ko‘rsatkich 2012-yilga nisbatan 613,7 foiz ko‘p). Shundan 4011 tasi
texnologik, 202 tasi marketingli va 77 tasi esa tashkiliy innovatsiyadir.
2012-yilga nisbatan texnologik innovatsiyalar 643 foizga, marketingli
innovatsiyalar 1188 foizga oshgan bo‘lib, tashkiliy innovatsiyalar esa
133 foizga ko‘paygan. Innovatsion mahsulotlar, xiz matlar va ishlar-
ni o‘zlashtirgan tashkilotlar soni 2016-yildagi 973 tadan 2020-yilni
oxiriga kelib 1217 taga yetgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 5026
tani tashkil qilgan. Shu bilan bir qatorda, joriy qilingan innovatsiya-
lar soni 8094 taga yetgan.
24