Page 20 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 20

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          kiritish”,  “ilmiy-texnik  yangilik”  kabi  atamalar  M.  Porter,  J.  Brayt,
          B. Tviss kabi AQSh olimlarining tadqiqot ishlarida ham uchratishi-
          miz mumkin.    5
            Shu  bilan  birga  innovatsiyaga  ko‘plab  iqtisodchi  olimlar  o‘z  fikr
          mulohazalarini bildirib o‘tishgan. Misol uchun, vengriyalik B. Santo
          innovatsiyaga quyidagicha taʼrif bergan: “Innovatsiya – bu ijtimoiy

          – texnik – iqtisodiy jarayon bo‘lib, g‘oya va kashfiyotlardan amaliy
          foydalanish orqali o‘z xususiyatiga ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan mahsulot
          va texnologiyalar yaratilishiga olib keladi, agarda u iqtisodiy foyda
          olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning bozorda paydo bo‘lishi qo‘shim-
          cha daromad olish imkoniyati vujudga keltiradi.


                   1.2. Innovatsion iqtisodiyotni vujudga kelishida
                                        davlatning roli
            Ilm-fan  va  texnika  yutuqlarini  keng  qo‘llagan  holda  iqtisodiyot
          tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion

          texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal
          rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
            Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivoj-
          lanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi
          yetak chilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini taʼmin-

          laydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnolo-
          giya larga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
            Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizat-

          siya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va
          tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar turlarini kengaytirish
          borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi.
            Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining ilmiy muassasalar bi-
          lan o‘zaro hamkorligi darajasi pastligi, vazirlik va idoralar, shuning-
          dek,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining innovatsion rivojla-
          nish sohasidagi faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmayot ga ni
          bu  boradagi  birinchi  navbatdagi  maqsadlar  va  vazifalarga  eri shish
          imkonini bermayapti.

          5   Й.  Шумпетер  Теория  экономического  развития.  Пер.  с  ним  В.С.  Автономова,  М.Б.  Любского,  —  М.:
          Прогресс 1982 – 72 с.
                                                19
   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25