Page 18 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 18
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“Innovatsiya” atamasini tushunishga bo‘lgan ikkinchi yondashuv
ishlab chiqarishda maʼlum turdagi texnika, texnologiya va boshqa
yangi mahsulotlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Mazkur
yondashuvni qo‘llab-quvvatlovchi baʼzi olimlar ishlab chiqarish
faoliyatining innovatsion va ilmiy-texnik jihatlarini bir o‘rinda
ko‘radilar, ammo bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi.
Biroq mazkur yondashuv yetarlicha keng tarqalgan, zero uning
asosini tashkil qiluvchi innovatsiyalarni ilmiy-texnik nuqtai nazardan
ajratish tamoyili, innovatsiyalarning jamiyat rivojlanishidagi
ahamiyati va maqsadlarini aks ettiradi. Bunda “innovatsiya” atamasi
ham jarayon, ham natija sifatida tushuniladi (1.2-jadval).
Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini taʼminlash zaruriyati ni
hisobga olgan holda, bir qator rossiyalik iqtisodchilar – M. Ionov,
A. Kulagin, V. Loginov innovatsiyani “xarajatlar tejalishini yoki bun-
day tejash uchun sharoit yaratilishini taʼminlovchi yangi mahsulot yoki
xizmat, ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va
boshqa sohalardagi yangilik” sifatida ko‘rishgan. Yana bir rus olimi
A. Ut kin esa bozor sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli iqtisodiy faoliyati
uchun innovatsiyalar muhimligini taʼkidlagan holda, innovatsiyalarni
korxona iqtisodiy o‘sishini taʼminlovchi asosiy zaxiralardan biri sifatida
tavsiflagan.
Innovatsiya – yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga kiritish,
yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tatbiq etish, mahsulot yoki
xizmatlar, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari yoki
faoliyat turlarini ilgari surish, yangi bozorlarni tashkil etish yoki
yangi jara yonning joriy bozor va mavjud bozorlarda katta ulushini
qo‘lga kiri tishga qaratilgan saʼy-harakatlardir .
3
Korxonalarda innovatsiya atamasi, eng avvalo, ilg‘or g‘oyalar, ish-
lanmalar inobatga olinishi lozim. Hamda fan va texnika yutuqla ri,
texno logiya va yangi ixtirolar ham innovatsiyaning taʼrifida ifoda la ni-
shi mumkin. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim M.Q. Pardayevning fikri-
cha, innovatsiya deyilganda, ilg‘or g‘oyalar asosida amalga oshi rilgan
ishlanmalar natijalarining fan va texnika yutuqlari, ilg‘or texno logiya
3 Edited by Erika Kraemer – Mbula and Watu Wamae. “Innovation and the Development Agenda”. International
Development research Centre PO Box 8500. Ottawa, ON, Canada KIG 3H9 OESD/IDRC 2010 p. 9.
17