Page 13 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 13
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ko‘rsatilgan. Ularning yordami bilan ayol ishchilar yangi texnologiyalar
tufayli yuqori malaka va ish haqi bilan yaratilgan ish o‘rinlaridan
foydalanishlari mumkin.
OTB hisobotidan.
1.1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi,
unsurlari va ko‘rinishlari
Korxonalarda innovatsion texnologiyalarning asosiy qoida
va kategoriyalarini o‘rganish uchun “innovatsiya” atamasining
iqtisodiy mazmuni va mohiyatini to‘liq anglab etishimiz lozim.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “innovatsiya” atamasini ingliz tilidagi
“innovation” so‘zidan olingan bo‘lib, kiritilgan yangilik, ixtiro , degan
1
maʼnolarni anglatadi. O‘sha joyning o‘zida ushbu atamaga uchta izoh
berilgan. 1. Texnika va texnologiyalarning yangi turlari (avlodlari)ni
joriy etish maqsadida iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar. 2. Ilg‘or
texnika va texnologiya, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar
va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi. 3. Muayyan tilda, asosan
uning morfologiya sohasida eng so‘nggi davrlarda paydo bo‘lgan
yangi hodisalar (til birliklari) . Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya
2
(ingl. innovation) – potensial ilmiy-texnik taraqqiyotni (ITT)
yangi mahsulot va texnologiyalar ko‘rinishida real taraqqiyotga
aylanishi, deb taʼriflanadi. Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni
tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga asoslangan va
ularga muvofiq innovatsiya deganda, bozorga kirib kelgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda qo‘llanilayotgan yangi
yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga
bo‘lgan yangicha yondashuv ko‘rinishidagi innovatsiyaviy faoliyat
natijasi tushuniladi. Innovatsiya bu insonning xayolida, ijod
etilgan, pishgan, aqliy mehnatning yakuniy natijasi sifatida o‘ylab
topilgan, joriy qilingan, kiritil gan, ishlayotgan yangilikdir. Ushbu
muammo bo‘yicha ko‘p sonli tad qiqotlar amalga oshirilgan bo‘lishiga
qaramasdan, bugungi kunda in novatsiyaviy faoliyat sohasida yagona,
1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati 80000 dan ortiq so‘z birikmasi. J.I.B.-M-T “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”
DII. 2006. 213 bet
2 O‘sha joyda 212 bet
12