Page 10 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 10
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yuqorida bildirilgan takliflar asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti
mod diy bazasini mustahkamlashning asosiy omili sanaluvchi
zamonaviy tex nologiyalarni o‘zlashtirish, raqobatdosh mahsulotlar
ishlab chiqarish, ilg‘or dasturiy mahsulotlar yaratish maqsadida
innovatsion loyi halarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni
yaratish mumkin.
Innovatsion faoliyat jamiyatning barcha bo‘g‘inlariga taʼsir
o‘tkazib, iqtisodiy jarayonlar taraqqiyotining tizimli oqimiga
aylanadi. Tizimli yondashuv asnosida innovatsion jarayonlarning
tadrijiy taraqqiyoti va ularning amal qilishini o‘zaro bog‘liq yaxlitlik
sifatida qarash lozim.
Umuman olganda, hozirgi davrda innovatsiyalar iqtisodiyotining
bar qa ror rivojlanishini belgilaydigan hal qiluvchi omil – bu ilmiy
tadqiqot va tamoyil jihatidan yangi mahsulot turlarini yaratish
uchun ishlanmalar natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
O‘zbekistonning innovatsion muhitini shakllantirish hamda
rivojlantirishdan iboratdir. Albatta, barcha sohalarda yangiliklarga
intilish va raqobat kuchayib borayotgan bugungi davrda samarasiz
o‘tmish amaliyotidan voz kechgan holda innovatsiyalarga keng yo‘l
ochib berish taraqqi yotning eng muhim asosi bo‘lib hisoblanadi.
9