Page 12 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 12
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
o‘rinlari soni yo‘qotilgan ish o‘rinlari sonidan oshib ketishi borasida
barcha imkoniyatlar mavjud. Biroq, bu, o‘z navbatida, aholining kasbiy
ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan puxta o‘ylangan davlat siyosati va
investitsiyalarni talab qiladi.
OTB hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga
yangi texnologiyalarni joriy etish orqali 100 000 ish o‘rni bilan taʼminlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qurilishda yana 334 ming yangi bo‘sh ish
o‘rinlari yaratiladi.
Bank maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu tarmoqlar mamlakatda iqtisodiy
o‘sish va bandlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish
sektori kelgusi yillarda eng yirik ish beruvchilardan biriga aylanadi va
engil sanoat keng foydalanilmagan o‘sish salohiyatiga ega.
Bankning ushbu sohalardagi vakillari tomonidan so‘ralgan
kompaniyalar asosan innovatsiyalarni joriy etishdan manfaatdor. Yangi
texnologiyalar hisobiga to‘qimachilik sanoatida mehnat unumdorligi
2025-yilga borib 68 foizga, qurilish sanoatida esa 60 foizga o‘sishini
taxmin qilmoqda.
Biroq, faol aholining 80 foizgacha ish bilan taʼminlaydigan kichik
va o‘rta biznes 4IR texnologiyasini joriy qilishda resurs va mehnat
cheklovlariga duch kelishi mumkin.
Mutaxassislar kompaniyalar uchun yangi texnologiyalar bo‘yicha be-
pul yoki subsidiyalangan maslahatlar tashkil qilishni tavsiya qiladi. Shu-
ningdek, xodimlar uchun ish joyida o‘qitishni tashkil etish taklif etiladi.
Bundan tashqari, OTBning taʼlim bo‘yicha bosh mutaxassisi va
tadqiqot rahbari Shanti Jagannatan xodimlarni o‘qitishda kengaytirilgan
va virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish muhimligini taʼkidlaydi.
Bugungi kunda taʼlim muassasalarining uchdan biri bunday texnologiya-
lardan foydalanadi.
Bankning hududiy bosh direktori Evgeniy Jukovning fikricha,
O‘zbekis ton har bir sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
“aniq harakatlar rejasi” ni ishlab chiqishi lozim. Jarayon ishtirokchilari
o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirish va xodimlarni o‘qitishda uzoq
muddatli rejalashtirish muvaffaqiyatli o‘zgarishlarga yordam beradi.
Hisobotda ayollar uchun maqsadli dasturlar tavsiya etilishi alohida
11