Page 9 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 9
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ikkinchidan, innovatsiyalar milliy va global
ko‘lamda mamlakatlar va jahon hamjamiyatining iqtisodiy o‘sishi
va rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda, buning natijasida iqtisodiyotda
yangi tarmoq va sohalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Uchinchidan,
yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning ulushi
ortmoqda. Yangi dastgoh va jihozlarning ishlab chiqarishga joriy
qilinishi, o‘z navbatida, mutaxassislar malakasini oshirishni talab
qiladi, bu esa kadrlar sifatining yaxshila nishiga olib keladi.
Innovatsiyalar taʼsirining keyingi jihati uning insonlar turmush
darajasi va sifatida aks etishidir. Uy-ro‘zg‘or buyumlarining
takomillashishi insonlar kundalik turmush faoliyatini
yengillashtirishga xizmat qilsa, internet bilan bog‘liq zamonaviy
texnologiyalarning jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi odamlarning
bilim doirasini kengaytirish, ularning dunyoqarashlarini boyitish
borasida katta imkoniyatlarni taqdim qiladi.
Innovatsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishning
muhim manbai hisoblanadi, buning natijasi o‘laroq, bugungi kunda
ishlab chiqarish omillari va resurslari sarfini kamaytirish imkonini
beruvchi resurs tejamkor texnologiyalar iqtisodiyot soha va
tarmoqlariga keng joriy qilinmoqda.
Innovatsiyalar korxona va tashkilotlar foydasini oshirishga ko‘ mak-
lashadi. Ularning joriy qilinishi asnosida mahsulot sifati yaxshilanadi
va bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish hajmi ortadi.
Innovatsiyalar alohida olingan inson va tashkilotning
raqobatdoshligiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Britaniyalik iqtisodchi Jon
Gobsonning fikricha, haqiqiy raqobat ustunligi yangi bozorlarni topish,
yangi tovarlarni ishlab chiqarish va tovarlarni ishlab chiqarishning
yangi usullarini ixtiro qilish qobiliyatida o‘z aksini topadi. Mabodo
korxona bozorda katta talabga ega bo‘lgan innovatsiyaga ega bo‘lsa,
bundan-da katta ustunlik taqdim qiluvchi innovatsiya yaratilmagunga
qadar, korxona bozorda o‘z ustunligini saqlab qoladi (Gibson, 2016).
Ayni mana shu jihat korxona va tashkilotlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini
jonlantirish, pirovardida esa innovatsiyalarni yaratish va joriy
qilishga undaydi.
8