Page 8 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 8

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV


                                              KIRISH


            Bugungi kunda dunyo muttasil rivojlanib, taraqqiyotning yuqo-
          ri  cho‘qqilarini  zabt  etmoqda.  Hozirda  zamonaviy  inson  o‘zini
          telefon,  kompyuter,  avtomashina,  maishiy  texnika,  yaʼni  kundalik
          hayotimizning  ajralmas  qismiga  aylanib  ulgurgan  yangiliklarsiz
          tasavvur qila olmaydi. Mahalliy va xorijiy olimlar innovatsiyalar
          iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi

          ekanligini eʼtirof etishadi. Innovatsion faoliyat jahon hamjamiyatini
          rivojlanishning yangi, yuqori bosqichiga olib chiqdi.
            Mamlakatimiz rahbari innovatsiyalarning mamlakatimiz ijtimoiy -
          - iqtisodiy  hayotidagi  o‘rni  borasida  to‘xtalar  ekan  “Xalqimiz
          dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim
          vazifamizdir.  Innovatsiya  bo‘lmas  ekan,  hech  bir  sohada  raqobat,
          rivojlanish  bo‘lmaydi. Bu  sohadagi  o‘zgarishlarni xalqimizga keng
          targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi
          davr  shiddati,  fan-texnika ning  mislsiz  yutuqlari  bilan  hamqadam

          bo‘lolmaymiz”  deb taʼkidla gan edi.
                          1
            “Innovatsiya”  atamasini  taʼriflashda  ko‘plab  fikr  va  qarashlar
          mavjud.  Olim  va  mutaxassislarning  baʼzilari  innovatsiyani  yangi
          mahsulot  ko‘rinishida  taqdim  qilinuvchi  innovatsion  faoliyatning
          yakuniy  natijasi  sifatida  talqin  qilishsa,  boshqalar  uni  amalda
          qo‘llaniluvchi  qandaydir  yangi  texnologik  jarayon  sifatida  taʼrif-
          lashadi.

            Innovatsiyalar  iqtisodiyotga  katta  taʼsir  ko‘rsatadi.  Hozir
          innovatsiyalar  kirib  bormagan  va  qo‘llanilmayotgan sohani topish
          o‘ta mushkul. Bugungi kunda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga
          innovatsiyalarning taʼsiri yaqqol ko‘zga tashlanuvchi asosiy jihatlarni
          ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.  Birinchidan,  innovatsiyalarning
          mahsulot sifatiga taʼsiri bois, inson ehtiyojlariga to‘la mos mutlaqo
          yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar paydo bo‘ladi. Bu o‘z
          navbatida  inson  ehtiyojlarining  tarkibi  va  mazmuniga  ham  taʼsir


          1  1.Sh. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021. – 464 bet.
                                                 7
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13