Page 3 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 3
UO‘K:
KBK:
Innovatsion iqtisodiyot: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / G‘ofur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2024 – 768 b.
O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri, t.f.d.,
professor Kongratbay Avezimbetovich Sharipov umumiy tahriri ostida
Ilmiy muharrir
Sherzod Igamberdiyevich Mustafoqulov – Xalqaro Nordik
universiteti rektori, i.f.d., professor
Taqrizchilar
Sultonali Umaraliyevich Mehmonov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
O‘quv ishlari bo‘ yi cha birinchi prorektori, i.f.d., professor
Shuhrat Amonovich Toshmatov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, i.f.d., professor
Ravshan Ibragimovich Nurimbetov – Toshkent arxitek tura -qurilish universiteti
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, i.f.d., professor
Aksariyat olimlar innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblashadi. Innovatsion faoliyat jahon hamjamiyatini
rivojlanishning yangi, yuqori bosqichiga olib chiqdi. “Innovatsiya” atamasini taʼriflash
borasida ko‘plab qarashlar va yondashuvlar mavjud. Baʼzilar innovatsiyani yangi mahsulot
ko‘rinishida taqdim etiluvchi innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida eʼtirof
etishsa, boshqalar esa, innovatsiyani amalda qo‘llaniluvchi qandaydir yangi texnologik
jarayon sifatida taʼriflashadi. Innovatsiyalar iqtisodiyotga katta taʼsir ko‘rsatadi, bugungi
kunda innovatsiyalar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalarida keng
qo‘llanilmoqda, zero innovatsiyalarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish o‘ta mushkul.
O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni qaror toptirish asnosida milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlarning amalga oshirilishi
natijasida, 2023-yilda O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda dunyo mamlakatlari
orasida 82-o‘rinni qayd etdi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida mamlakatda makroiqtisodiy
barqarorlikni taʼminlash, jadal iqtisodiy o‘sish surʼatlarini saqlab qolish, 2030-yilgacha
bo‘lgan muddatda mamlakatimizni innovatsion jihatdan taraqqiy etgan kuchli elliktalik
mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur holatlarning
barchasi innovatsiyalarga alohida yondashuvni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda,
mazkur darslikda innovatsiyalar tabiati o‘rganilgan, innovatsiyalar iqtisodiyotiga oid
asosiy tushunchalar, uning omillari tahlil qilingan.
Darslik oliy taʼlim muassasalarining 60410100 – Iqtisodiyot, 60410800 – Menejment
bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar
va innovatsiyalar iqtisodiyoti masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi
429-sonli buyrug‘iga asosan chop etishga ruxsat etilgan (ro‘yxatga olish raqami 429-787).
ISBN 978-9943-0000-0-0
© Xalqaro Nordik universiteti, 2024
© G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2024