Page 4 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 4
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
MINNATDORLIK
Innovatsiyalar borasida so‘z yuritar ekanmiz, bugungi
kunda “innovatsiyalar” tushunchasining juda ko‘p sonli taʼrif va
talqinlariga duch kelamiz. Kimdir innovatsiyalarni yangi ishlanma
sifatida tavsiflasa, yana kimdir uni insonning aqliy va ijodiy
mehnati mahsuli sifatida taʼriflaydi. Chamamda innovatsiyalarning
tabiatini xalqimizning boy madaniy va ilmiy merosi, ezgulik va
maʼrifat dini bo‘lgan Islomdan izlashimiz o‘rinli bo‘ladi. Sahih
hadislardan birida “Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar...” deb
keltiriladi. Aslida innovatsiyalarning mohiyati ham insonlarning
hayotini osonlashtirish, ularning turmush sifatini yaxshilashda
namoyon bo‘ladi.
Mazkur darslikni nashrga tayyorlash, uni mazmunan boyitish,
bir so‘z bilan aytganda “hazmi oson” darslik sifatida o‘quvchilarga
yetkazishda beminnat maslahat va ko‘rsatmalari bilan ko‘makdosh
bo‘lgan o‘z sohasining yetuk olim va mutaxassislari,
xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor
M. B. Kalonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari
i.f.d. B. B. Berkinov, i.f.d. B. A. Xasanov, i.f.d. M. I. Ikromov,
N. M. Maxmudov, Guliston davlat universiteti dotsenti
A.A. Abduvoxidovga, Alfraganus universiteti “Menejment va
marketing” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor M. P. Eshovga o‘z
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
3