Page 5 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 5

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV

                             DARSLIK BO‘YICHA TUSHUNTIRISH


                Hurmatli  o‘quvchi,  qo‘lingizdagi  darslik  oliy  taʼlim

             muassasalarining 60410100 – Iqtisodiyot, 60410800 – Menejment

             bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilar, doktorantlar,
             mustaqil  izlanuvchilar  va  innovatsiyalar  iqtisodiyoti  masalalari

             bilan  qiziquvchilar  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  amaldagi  davlat
             taʼlim standartlari va malaka talablari asosida tayyorlangan.

                Darslikni tayyorlashda mahalliy va xorijiy olimlarning sohaga

             oid o‘quv adabiyotlari va ilmiy materiallaridan keng foydalanildi.
                Unda keltirilgan mavzular mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilin-

             gan  bo‘lib,  mavzularni  bosqichma-bosqich  o‘zlashtirish  asosida
             sizda innovatsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati, ular-

             ning mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi o‘rni va

             ahamiyati to‘g‘risida yetarlicha bilim va ko‘nikmalar shakllanadi.
             Darslik tarkibiga kiritilgan mavzularni bayon qilishda dastlab

             mavzu bo‘yicha ko‘riladigan savollar, mavzuning qisqacha sharhi,

             mavzuning tub mohiyatini anglab yetishga xizmat qiluvchi amaliy
             hayotdan misollar keltirilgan, so‘ngra mavzu savollari mahalliy

             va  xorijiy  tajribani  hisobga  olgan  holda  jadval  va  chizmalar

             yordamida batafsil yoritilgan. Har bir mavzuning so‘nggida mavzu
             bo‘yicha  qisqacha  xulosalar,  olingan  bilimlarni  mustahkamlash

             uchun savollar, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiya
             etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

                Darslikda bir-birini to‘ldiruvchi mavzulardan so‘ng, fan bo‘yicha

             olingan bilimlarni yanada mustahkamlash, o‘z bilimingizni
             tekshirib  ko‘rishingiz  uchun  turli  xil  murakkablik  va  ko‘rinishga



                                                   4
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10