Page 11 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 11
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“INNOVATSION IQTISODIYOT” FANINING
1-MAVZU PREDMETI VA OBYEKTI, INNOVATSION
JARAYONLARNING RIVOJLANISH NAZARIYALARI
1.1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi, unsurlari va
ko‘ri nishlari
1.2. Innovatsion iqtisodiyotni vujudga kelishida davlatning roli
1.3. Fanning predmeti va obyekti, yopiq va ochiq iqtisodiyot
tushunchalari
Mavzuning qisqacha sharhi. Innovatsiyalar jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotiga katta turtki beruvchi kuch hisoblanadi.
Glo bal dunyoda raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda, milliy
iqtisodiyotlarning jahon mamlakatlaridan ortda qolmasligi ko‘p
jihatdan hukumatlarning innovatsiyalarni rag‘batlantiruvchi
siyosatiga bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur mavzu
doirasida innovatsion iqtisodiyot, uning tashkil etuvchilari atroflicha
tahlil qilinadi, innovatsion jarayonlarning rivojlanish bosqichlariga
to‘xtab o‘tiladi. Shuningdek, milliy innovatsion tizimlar bugungi
taraqqiyot nuqtai nazaridan baholanadi.
Ilg‘or texnologiyalar yuz minglab ish o‘rinlarini yaratishi
mumkin – Osiyo taraqqiyot banki
To‘g‘ri yondashuv asosida innovatsiyalarni joriy etish tugatilgan ish
o‘rinlaridan ko‘ra, yangi bo‘sh ish o‘rinlarini yaratishga ko‘proq xizmat
qiladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tadqiqotiga ko‘ra, ilg‘or texnologiyalarni
joriy etish O‘zbekiston iqtisodiyotining ikkita muhim tarmog‘ida 430000
dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratadi.
Bank mutaxassislari “To‘rtinchi sanoat inqilobi” (Fourth Industrial
Revolution – 4IR) yechimlaridan foydalanish imkoniyatlari va ularning
Ozarbayjon, Pokiston va O‘zbekiston mehnat bozorlariga taʼsirini
o‘rganishdi. Xususan, ular innovatsiyalar hisobiga ish o‘rinlarining
tugatilishi va yaratilishiga eʼtibor qaratishdi. 4IR joriy etilishi bilan
daromad va mahsuldorlikning o‘sishi natijasida yaratilgan yangi ish
10