Page 15 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 15
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
1.1- jadval
Birinchi yondashuv bo‘yicha innovatsiyalar
taʼriflarining sharhi
Muallif Taʼrif mazmuni
Y. Shumpeter 1. Innovatsiya – tadbirkorlik ruhi bilan motivatsiyalangan ish-
lab chiqarish omillarining o‘zgarishi (yangi kombinatsiyalar).
Maqsad – yangi mahsulot turlari, yangi ishlab chiqarish usul-
lari, yangi xomashyo manbalari joriy qilish va foydalanish,
yangi bozorlar va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi
shakllarini o‘zlashtirish (monopolizatsiya maqsadida qayta
tashkil qilish)
B. Santo 2. Innovatsiya – g‘oyalar va ixtirolardan amaliy foydalanish
orqali o‘z xislatlari bo‘yicha eng yaxshi mahsulot va texno-
logiyalar yaratishga olib keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon;
innovatsiya iqtisodiy foydaga yo‘naltirilgan holda uning bo-
zorda paydo bo‘lishi qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin
B. Tviss 3. Innovatsiya – ixtiro yoki yangi g‘oya iqtisodiy mazmunga
ega bo‘ladigan jarayon
Y.V. Yakoves 4. Innovatsiya – inson faoliyatining xilma-xil turlariga ush-
bu faoliyat mahsuldorligini oshiruvchi yangi unsurlar (turlar,
usullar) kiritish
P.N. Zavlin, 5. Innovatsiya – jamiyatning biror-bir sohasida faoliyat ja-
A.K. Kazansev, rayoni yoki uning natijalarini takomillashtirishga qaratilgan
L.E. Mindeli intellektual (ilmiy-texnik) faoliyat natijalaridan foydalanish
F.F. Bezdudniy, 6. Innovatsiya – inson hayoti va faoliyatining istalgan sohasi-
G.A. Smirnova, da bozorda mavjud ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi
O.D. Nechaeva va iqtisodiy samara keltiruvchi yangi g‘oyani amalga oshirish
jarayoni
S.V. Ildemenov, 7. Innovatsiya – korxonaning ish samaradorligini oshirishga
S. Ildemenov, xizmat qiluvchi yangi g‘oya yaratish, tarqatish va foydala-
P. Vorobev nish borasida rivojlanayotgan kompleksli jarayon. Bunda in-
novatsiya – avvalgi analogidan sifat jihatidan farq qiluvchi,
qilingan ixtiro yoki o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijasida joriy
qilingan va foyda keltiradigan obyektgina emas
V.M. Anshin, 8. Innovatsiya – yangi ilmiy-texnik (texnologik), ishlab chiqa-
A.A. Dagaev rish yoki boshqa bir yechimning amaliyotda birinchi marta
qo‘llanishi
14