Page 16 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 16

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV

          V.D. Gribov,      9. Innovatsiya – yangi texnologiyalar, yangi mahsulot va xiz-
          V.P. Gruzinov     mat turlari, boshqaruv, xizmat ko‘rsatish, mehnat va ishlab
                            chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllari ko‘rinishidagi
                            yangiliklardan foydalanish

          L.M. Goxberg      10. Innovatsiya – innovatsion faoliyatning bozorga joriy qilin-
                            gan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyat-
                            da foydalaniluvchi yangi yoki takomillashtirilgan texnologik
                            jarayon ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan yakuniy natijasi
          R.A. Fatxutdinov 11.  Innovatsiya  – boshqaruv obyektini o‘zgartirish va iqti-
                            sodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi sa-
                            mara olish maqsadida yangilik kiritishning yakuniy bosqichi
          A.B. Titov        12.  Innovatsiya  (yangilik  kiritish) –  muayyan  ijtimoiy  ehti-
                            yojlarni  qoniqtiruvchi  va  bir  qator  (iqtisodiy,  ilmiy-texnik,
                            ijtimoiy, ekologik) samaralar beradigan, tamomila yangi yoki
                            modifikatsiya qilingan vosita (yangilik) yaratish va o‘zlashti-
                            rish (joriy qilish) yakuniy natijasi
            Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
          iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.



            Muayyan  yangilik  darajasini  baholash  va  konyunktura  siljishla-
          rining davomiyligini aniqlash uchun Y. Shumpeter yangilik mezonini
          kiritdi va ushbu mezon mazkur turkumlashtirish asosini tashkil etdi.
          Shuningdek, 1930-yillarda olim tomonidan innovatsiya tushunchasi
          kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, yetkazish jarayonla-
          rida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy tav-

          sifdagi qarorlarni qo‘llash oqibatida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni
          bildirar edi.
            Innovatsiyaning ushbu taʼrifi va Y. Shumpeterning ishlab chiqa-
          rish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘g‘risidagi konsepsiyasi
          innovatsiyalar nazariyasiga bo‘lgan ikkita eng tarqalgan yondashuv-
          dan birining asosini tashkil etadi. Birinchi yondashuv – yangi omil-
          lar to‘g‘risidagi tushunchaga asoslangan, ikkinchisi – yangi mahsulot
          yoki texnologiyaga asoslangan (1.1-jadval).








                                                15
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21